O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish texnologiyalari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish texnologiyalari. 
Hozirgi zamon ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
qo’llash va joriy etib borish muhim hisoblanadi. Shu jihatdan 
YuNESKO 
tomonidan 
pedagogik 
texnologiyalar 
tushunchasiga 


89 
quyidagicha ta’rif berilgan: ―Pedagogik texnologiyalar – bu ta’lim berish 
va o’zlashtirish usullarini yaratish, qo’llash, ularni yagona tizimga 
keltirish yo’li bilan inson salohiyati va texnik vositalarning barcha 
imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlarni o’zlashtirishning 
maqbul jarayonidir‖.
10
Shu ma’noda boshlang’ich ta’lim pedagogikasida 
o’qitishning pedagogik va texnologik yondaShuvlari integratsiyasiga 
asoslangan pedagogik texnologiyalar ustuvor darajada qo’llaniladi.
Hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitishning 
quyidagi eng maqbul texnologiyalarini qo’llash kutilgan samarani 
beradi: 

an’anaviy o’qitish texnologiyasi; 

masofaviy o’qitish texnologiyasi; 

innovatsion va integratsion o’qitish texnologiyasi. 
An’anaviy o’qitish texnologiyasi amalda bo’lgan va yillar davomida 
tajribadan o’tgan ma’ruza hamda amaliy mashg’ulotlar tizimiga 
asoslanadi. Bu tizim bugungi kunda ham nazariy – amaliy ahamiyatini 
yo’qotgan emas.
Masofaviy o’qitish texnologiyasi virtual ta’lim berish jarayoni 
bo’lib, unda o’qitish turli texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi 
va mashg’ulotlar nazariy hamda amaliy topshiriqlar shaklida amalga 
oshiriladi.
Innovatsion va integratsion o’qitish texnologiyasi boshlang’ich 
ta’lim pedagogikasida yangiliklarni kiritib borish hamda ta’lim va 
amaliyotning uyg’unligini joriy etishga asoslanadi. Bunda mazkur 
texnologiya ta’lim oluvchini faollashtirishga yo’naltiriladi. 
10
Педагогика фанидан изоҳли луғат. Ж.Ҳасанбоев ва бошқ. – Т.,2009. 402-бет. 


90 
Boshlang’ich 
ta’lim 
pedagogikasida 
ta’kidlangan 
o’qitish 
texnologiyalariga 
asoslanish 
besh 
tamoyilga 
tayanadi. 
Ular 
quyidagilardan iborat: 
birinchi tamoyil: o’quv fani, modul yoki muayyan mavzudan kutiladigan 
asosiy maqsadni shakllantirib olish; 
ikkinchi tamoyil: har bir darsni modullarga bo’lib o’qitish; 
uchinchi tamoyil: modullarda mavzu matni va topshiriqlarni ifodalash; 
to’rtinchi tamoyil: modul asosida dars mashg’ulotlarini amalga oshirish; 
beshinchi tamoyil: mashg’ulotlarda erishilgan natijalarni tahlil qilish.
Bu tamoyillar boshlang’ich ta’lim pedagogikasida zamonaviy 
o’qitish texnologyalarini joriy etib borishga asos bo’ladi. Shunday qilib 
boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish asoslari o’ziga xos 
xususiyatlarga egadir. E’tibor bering (9-chizma): 


91 
An`anaviy o`qitish 
texnologiyasi 
Dogmatik o`qish 
Ichki qonuniyatlar
Boshlang’ich ta’lim 
pedagogikasida o’qitish asoslari
1. Boshlang’ich ta’lim 
pedagogikasida 
o’qitish 
qonuniyatlari
2. Boshlang’ich 
ta’lim 
pedagogikasida 
o’qitish turlari 
3. Boshlang’ich 
ta’lim 
pedagogikasida 
o’qitish 
texnologiyalari 
Tashqi 
qonuniyatlar 
Rivojlantiruvchi 
o`qitish 
Masofaviy o`qitish 
texnologiyasi
Tushuntiruvchi 
o’qitish
Muammoli o`qitish 
Innovatsion va 
integratsion 
o`qitish 
texnologiyasi 
Modulli o`qitish 
Boshlang`ich ta’lim pedagogikasi 


92 
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish qonuniyatlari deganda 
nimani tuShunasiz? 
2. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish turlari qanday bo’ladi? 
3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi o’qitish metodlarining qanday 
turlarini bilasiz? 
4. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida qanday o’qitish texnologiyalari 
muhim ahamiyatga ega? 
 
Topshiriq: pedagogik amaliyot 
Topshiriq: CHex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1592-
1670) boshlang’ich ta’lim didaktikasiga oid quyidagi qarashlarini 
o’zlashtiring.
Komenskiy deydi: ―Tarbiyaning maqsadi uchta: 1) e’tiqod va 
ezgulikni shakllantirish; 2) ezgu xulq-atvorni tarkib toptirish; 3) til 
o’rgatish‖. 
Pedagog olimning fikricha, boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning 
nutqi, axloqi va tushunchalari to’g’ri shakllantirilishi kerak. Bunda 
bolalar quyidagilarga ko’niktirilishi lozim bo’ladi: aql bilan fikrlash, 
foydali xatti-harakat qilish va to’g’ri so’zlash.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling