O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
93 10-mavzu: Boshlang’ich ta’limni tashkil etish usullari Reja: 1. Boshlang’ich ta’limni tashkil etish usullariga doir yondaShuvlar 2. Boshlang’ich ta’limni tashkil etish usullari 3. Boshlang’ich ta’limni tashkil etishda individual usullar *** Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, tashkil, etish, usul, yondaShuv, dars, o’qituvchi, o’quvchi, bilim, ko’nikma, pedagogika, tajriba. *** Boshlang’ich ta’limni tashkil etish usullariga doir yondaShuvlar. Boshlang’ich ta’limni tashkil etish usullariga doir bir talay yondaShuvlar mavjud. Usul deganda dars mashg’ulotlarini tashkil qilishning tizimli metodlari va o’qitishning shakllari tuShuniladi. Shu jihatdan xorijlik pedagogik olimlar boshlang’ich ta’limni tashkil etishga doir o’ziga xos yondaShuvlarni bayon qilishgan. Bu o’rinda ana Shu usullarning asosiylariga e’tiboringizni tortamiz. 1. Emotsional yondaShuv. Mazkur yondaShuvga ko’ra, mashg’ulotlarda o’quvchilarni qiziqtiruvchi va ularning his-hayajonini qo’zg’atuvchi usullar qo’llanilishi kerak. Bunda o’quvchilar o’quv materiallrini qiziqish va ishtiyoq bilan qabul qiladi. Shuningdek, mashg’ulotlar ko’rgazmali vositalarga boy bo’lishi va ular o’quvchilarda munosabat uyg’otishi lozim. Bu borada o’quv qurollarining ham estetik talablarga javob berishi taqozo etiladi. Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishga doir emotsional yondaShuv dunyo mamlakatlarining juda ko’pchiligi tomonidan qabul qilingan. 94 Jumladan, O’zbekiston boshlang’ich ta’limida ham mashg’ulotlarni emotsional yondaShuv asosida tashkil etilishiga asosiy e’tibor qaratiladi. 2. Muhokamali yondaShuv. Bu yondaShuvga ko’ra, o’quv materiallari o’quvchilarning muhokama qilishiga va fikr yuritishiga yo’naltiriladi. Mazkur yondaShuvda o’quv-tarbiyaviy ishlar o’qituvchi ishtirokidagi muhokama vositasida amalga oshiriladi va unda o’quvchilarning faolligi yuzaga keladi. Boshlang’ich ta’limni muhokamali yondaShuv asosida tashkil etish o’qituvchidan maxsus tayyorgarlikni va o’quvchilarning yoshi, jismoniy hamda ruhiy xususiyatlariga mos o’quv materiallariga tayyorlashni taqozo etadi. O’zbekiston sharoitida tajribali boshlang’ich sinf o’qituvchilari boshlang’ich ta’limni muhokamali yondaShuv asosida tashkil etadi. 3. Texnologik yondaShuv. Mazkur yondaShuvga ko’ra, boshlang’ich ta’lim zamonaviy texnik imkoniyatlardan foydalangan holda tashkil etiladi. Bugungi kunda bu yondaShuvda kompьyuterli texnologiya asosida o’qitish ommaviylashib bormoqda. Ushbu yondaShuvda ―o’qituvchi-kompyuter-o’quvchi‖ tizimi amal qiladi. Boshlang’ich ta’limni texnologik yondaShuv asosida tashkil etishda o’qituvchi o’quv materiallarini avvaldan modul asosida kompyuter dasturiga joylashtiradi. O’quvchilar ana Shu dastur asosida mavzularni sinfda yoki masofadan turib o’zlashtiradi. Bu yondaShuvda o’qituvchi va o’quvchilar virtual munosabatga kirishadi. 2019-2020 o’quv yilida pandemiya sharoiti tufayli O’zbekistonda boshlang’ich ta’limni texnologik yondaShua asosida tashkil etish o’ziga xos tajribadan o’tkazildi. 95 Bugungi kunda boshlang’ich ta’limni tashkil etishning ana Shu uch yondaShuvi e’tirof etilgan. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari bu yondaShuvlarni chuqur o’zlashtirishlari kerak. CHunki kelgusi faoliyatda mazkur yondaShuvlar o’qituvchi uchun amaliy baza bo’lib xizmat qiladi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari boshlang’ich ta’limni tashkil etish bo’yicha turli yondaShuvlarni kuzatib borishi maqsadga muvofiqdir. Bizning yondaShuvimizga ko’ra, har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi boshlang’ich ta’limni tashkil etish bo’yicha individual yondaShuvga ega bo’lishi kutilgan samarani beradi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling