O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


-mavzu: Boshlang’ich ta’limda o’qitishning kredit-modul tizimi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115
Bog'liq
darslik

20-mavzu: Boshlang’ich ta’limda o’qitishning kredit-modul tizimi 
Reja: 
1. Boshlang’ich ta’limda o’qitishning kredit-modul tizimi mazmuni 
2. Boshlang’ich ta’limda o’qitishning kredit-modul jarayoni 
3. Boshlang’ich ta’limda o’qitishning kredit-modul samaradorligini 
baholash 
*** 
Tayanch tushunchalar: ta’lim, kredit, boshlang’ich, modul, yangi, tizim, 
mazmun, o’qitish, jarayon, samara, baholash, bilim, ko’nikma, malaka. 
*** 
Boshlang’ich ta’limda o’qitishning kredit-modul tizimi 
mazmuni. Kredit-modul tizimi – bu o’qitishning innovatsion shakli 
bo’lib, u 1869 yildan buyon Yevropa mamlakatlari ta’lim tizimiga tatbiq 
etib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-
5847-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ―O’zbekiston Respublikasi oliy 
ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi‖da mamlakat 
oliy ta’lim muassasalarini kredit-modul tizimiga o’tkazish belgilangan. 
Shu sababli 2020-2021 o’quv yilidan boshlab Respublikaning 33 yirik 
oliy ta’lim muassasasi ECTS (Evropa kreditlarni ko’chirish va jamg’arib 
borish tizimi) kredit-modul tizimiga o’tdi. Shu sababli O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-sonli 
―Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida‖gi Qarorida oliy pedagogik ta’lim muassasalarining o’quv 
jarayonini kredit-modul tizimiga o’tkazish belgilandi.


174 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 
dekabrdagi 824-sonli ―Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini 
tashkil etish bilan bog’liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida‖gi Qarori qabul qilinib, unda mamalakat oliy ta’lim 
muassasalarining o’quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul 
tizimiga o’tkazilishi belgilandi va bu boradagi Nizom tasdiqlandi.
―Oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayoniga kredit-modul tizimini 
joriy etish tartibi to’g’risida‖gi Nizomga ko’ra, O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi 
oliy ta’lim muassasalaridan tashqari barcha oliy o’quv yurtlari ECTS 
kredit-modul tizimiga o’tdi. Bu tizim ta’limning Yevropa tizimi bo’lib, 
unda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi. 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling