O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


-mavzu: Boshlang’ich ta’limda masofaviy o’qitish texnologiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115
Bog'liq
darslik

22-mavzu: Boshlang’ich ta’limda masofaviy o’qitish texnologiyasi 
Reja: 
1. Boshlang’ich ta’limda masofaviy o’qitish texnologiyasi mazmuni 
2. Boshlang’ich ta’limda elektron-modulli o’qitish texnologiyasi 
3. Boshlang’ich ta’limda masofaviy o’qitish natijalarini baholash. 
*** 
Tayanch tushunchalar: ta’lim, oliy, boshlang’ich, masofaviy, o’qitish, 
texnologiya, bilim, yondaShuv, ko’nikma, malaka, tajriba. 
*** 
Boshlang’ich ta’limda masofaviy o’qitish texnologiyasi 
mazmuni. Boshlang’ich ta’limni amalga oshirish va mazkur ta’lim turi 
bo’yicha pedagog kadrlarni tayyorlashning o’ziga xos o’qitish 
texnologiyalari 
mavjud. 
Ana 
Shunday 
yangi 
va 
samarali 
texnologiyalardan biri masofaviy ta’lim texnologiyasidir.  
Masofaviy ta’lim – bu masofaviy ta’lim uslublariga asoslangan 
holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamonaviy ta’lim 
xizmatlari 
majmuidir.
17
Bu 
ta’lim 
texnologiyasida 
o’quv 
adabiyotlarining almashinish vositalariga (er sun’iy yo’ldoshi, 
televidenie, 
radio, 
kompьyuter 
va 
boshqalarga) 
tayanib, 
ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan turib ta’lim 
xizmatlari ko’rsatiladi. Ushbu texnologiya an’anaviy va ijtimoiy 
murakkab sharoitlarda qo’llash imkoniyatiga ega ekanligi bilan ta’lim 
jarayonida muhim o’rin tutadi.
Masofaviy ta’lim texnologiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega: 
17
Педагогика фанидан изоҳли луғат. Ж.Ҳасанбоев ва бошқ. –Т.: ―Фан ва технология‖. 
2009. 262-бет.


192 

masofaviy ta’lim o’qish va o’qitish jarayoniga ijobiy yondaShuvni 
ta’minlaydi; 

pedagogik jarayonning maqsadi sifatida ta’lim oluvchiga aniq 
yo’nalish beradi; 

metodologik va nazariy bilimlarni kutilgan darajada egallash 
imkoniyatlarini yaratadi; 

bilish faoliyatini mustaqil tashkil etish sharoitlarini beradi; 

ta’limning turli axborotlarini topish va o’zlashtirish imkoniyatlarini 
beradi. 
Masofaviy ta’lim texnologiyasi bunday imkoniyatlar bilan 
boshlang’ich ta’limni amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. Shu sababli 
masofaviy ta’limning o’quv materiallarini tayyorlash bir necha bloklarga 
bo’linadi: 

kommunikativ blok (o’quv materiallarini ta’lim oluvchilarga 
yo’naltirilgan tarzda tayyorlash); 

nazoratni 
amalga 
oshiruvchi 
blok 

ta’lim oluvchilarning 
o’zlashtirishini nazorat qilib boruvchi manba); 

axborotli blok (o’quv materiallarini tayyorlashda nazariy, didaktik
amaliy va tasvirli tarzda tayyorlash); 

ta’limni boshqaruvchi blok (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning 
muloqotini ta’minlovchi manba); 

o’qitish blok (masofadan turib mavzu va modullarni tuShuntirish, ular 
bo’yicha ta’lim oluvchilarning ko’nikmasini shakllantiruvchi manba). 
Mazkur bloklar asosida masofaviy ta’limning o’quv materiallari 
tayyorlanadi va ularni o’qitish masofadan turib amalga oshiriladi.


193 
Masofaviy 
ta’lim 
texnologiyasida 
axborot-kommunikatsion 
vositalardan keng foydalaniladi, uni amalga oshirishda ta’lim oluvchi va 
ta’lim beruvchi faol ishtirok etadi. 
Boshlang’ich ta’limda 
masofaviy 
ta’lim texnologiyasidan 
foydalanish ikki shaklga ega: 
1) oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchilarini tayyorlash; 
2) boshlang’ich ta’limni amalga oshirish. 
Bu shakllar o’zaro uyg’un bo’lib, ular bo’yicha oliy pedagogik 
ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga tegishli 
kompetentsiya beriladi.
Masofaviy ta’lim texnologiyasining ildizlari 1932 yilda ta’lim 
bo’yicha Xalqaro kengashning sirtqi ta’lim yo’nalishida foydalanishiga 
borib taqaladi. 1982 yilda masofaviy ta’lim bo’yicha London shahrida 
Xalqaro kengash tuzilgan.
O’zbekistonla masofaviy ta’lim texnologiyasi 1980 yillardan 
boshlab qo’llanilgan. Bunda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi 
Kibernetika institutida BESM–6 rusumli elektron hisoblash texnikasi 
foydalanilgan, 
Jizzax 
va 
Nukus 
shaharlarida 
oftolьmologiya 
shifoxonalarida teletayp apparati yordamida Toshkent shahridan turib 
bemorlarga amaliy tibbiy yordam ko’rsatilgan. Mustaqillik yillarida 
masofaviy ta’lim texnologiyasi oliy ta’lim jarayonida keng qo’llanila 
boshlandi.  

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling