O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich 
ta’limda 
kredit-modul 
tizimi 
asosida 
tarbiyalanganlik darajasini baholash. Bo’lajak o’qituvchilarning 
tarbyalanganlik darajasini baholab borish ikki xususiyatga ega:
1) talabalarning tarbiyalarganlik darajasini baholash; 
2) talabalarda shaxsni tarbiyalash ko’nikmasining shakllanganligini 
baholash. 


189 
Shu 
sababli 
o’qitishning kredit-modul tizimida bo’lajak 
boshlang’ich sinf o’qituvchilarining tarbiyalanganlik darajasini 
baholashda quyidagicha yo’l tutish maqsadga muvofiq bo’ladi: 

talabalarda axloqiy ong, fazilat va munosabatning shakllanganlik 
darajasi; 

talabalarning 
tarbiya 
bo’yicha ko’nikmasi va malakasining 
shakllanganlik darajasi; 

talabalarda tarbiya bo’yicha o’zlashtirilgan kompetentsiyalarni 
amaliyotda qo’llay olish layoqatining shakllanganlik darajasi; 

talabalarda tarbiya bo’yicha nazariya va amaliyotning uyg’un 
shakllanganlik darajasi. 
Bunday yondaShuv o’qitshning kredit-modul tizimi asosida 
tarbiyalanganlik darajasini aniqlash va baholash imkonini beradi.
O’qitishning kredit-modul tizimi asosida tarbiyalanganlik darajasini 
baholashda talaba jamg’argan kreditlarga asoslanish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. Bunda fanlar bo’yicha belgilangan kreditlar asosida baholash 
samarali hisoblanadi. Misol uchun, Etika tanlov fani bo’yicha 60 kredit 
belgilangan. Talaba mazkur kreditni jamg’arsa uning tarbiyalanganlik 
darajasini baholash imkoniyati paydo bo’ladi. CHunki tarbiyaga 
yo’naltirilgan fanlarning asoslaridan xabardor bo’lish tarbiyalanganlik 
mezonlari uchun asos hisoblanadi.
O’qitishning kredit-modul tizimida tarbiyalanganlik darajasi 
bo’yicha yagona muammo talabalr shaxsida tarbiya bo’yicha mavjud 
murakkabliklarni aniqlab bo’lmasligidir. CHunki talaba kredit-modul 
tizimida krelitlar to’plash bilan o’z imkoniyatlarini namoyon qiladi, 
bunda ularning tarbiyaviy xususiyatlari to’liq namoyon bo’lmaydi. Shu 


190 
sababli bu borada maxsus tuzilgan Testlar o’tkazish va ularning tahlili 
asosida tarbiyalanganlik darajasini baholash kutilgan samarani beradi.
Shunday qilib boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida 
tarbiya jarayonini tashkil qilish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, u 
butunlay yangicha yondaShuv hisoblanadi. Shu sababli bu borada 
kelgusida 
fundamental, 
ilmiy-nazariy, 
innovatsion 
va 
amaliy 
tadqiqotlarni amalga oshirish taqoza etiladi. 
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini 
tashkil qilish mazmuni deganda nimani tuShunasiz? 
2. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini 
tashkil qilish mexanizmlari nimalardan iborat? 
3. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiyalanganlik 
darajasini baholash qanday bo’ladi? 
4. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini 
tashkil qilishning asosiy xususiyatlarini nimalar tashkil etadi? 
Topshiriq: pedagogik amaliyot: 
Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya 
jarayonini tashkil qilishning asoslarini o’rganing. 
Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya 
jarayonini tashkil qilishning mexanizmlarini o’zlashtiring va uni 
amaliyotda sinovdan o’tkazing. 
Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiyalanganlik 
darajasini baholash asoslarini yod oling. 


191 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling