188
-
ushbu fanlarning o’quv materiallarida tarbiya asoslariga doir amaliy
va mustaqil ta’lim topshiriqlrining berilishiga e’tibor berish;
-
talabalarning malakaviy va pedagogik amaliyoti
jarayonida ularning
tarbiya asoslari bo’yicha o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini
amaliy tajriba-sinovdan o’tkazish;
-
mustaqil ta’lim vositasida talabalarning tarbiya asoslari bo’yicha
ko’nikmalarini maxsus testlar vositasida aniqlab borish.
Bu mexanizmlar o’qitishning kredit-modul
tizimi asosida tarbiya
jarayonini maqsadli tashkil etish imkonini beradi.
O’qitishning kredit-modul tizimi asosida talabalarning tarbiya
muammolariga doir
ilmiy-amaliy anjumanlarini, tanlovlarini va
festivallarini o’tkazib borish muhim mexanizmlardan hisoblanadi.
Bunda talabalarning tarbiya masalasiga
doir tushunchalarini boyitish,
fikr-mulohazalarini bilish va ular asosida tarbiya jarayonining yangi
yo’nalishlarini belgilash imkoniyatiga ega bo’linadi.
Kredit-modul tizimi asosida tarbiya
jarayonini tashkil etish
mexanizmlaridan yana biri Ustoz-shogird an’anasidir. Unga ko’ra, har
bir talaba Ustozga biriktirib qo’yiladi, Ustoz talabaning tarbiyalanish
jarayoni bilan Shug’ullanadi va bu ish
Sinf murabbiyi tomonidan
muvofiqlashtirilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: