O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini tashkil qilish mazmuni.
185 21-mavzu: Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini tashkil qilish Reja: 1. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini tashkil qilish mazmuni 2. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini tashkil qilish mexanizmlari 3. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiyalanganlik darajasini baholash *** Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, kredit, modul, tizim, tarbiya, jarayon, baholash, yondaShuv, bilim, ko’nikma, samara. *** Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini tashkil qilish mazmuni. O’zbekiston oliy ta’lim jarayonida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli ―Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi Qaroriga asosan o’qitishning ECTS kredit -modul tizimi amal qilmoqda. Bu tizimda asosiy e’tibor bilim berishga yo’naltirilgan bo’lib, unda tarbiya jarayonini amalga oshirish asoslari nazarda tutilmagan. Shu sababli o’qitishning kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini amalga oshirish metodologiyasi hozircha ishlab chiqilgan emas. Bu o’rinda e’tiboringizni ana Shu masalaning umumiy jihatlariga tortamiz. 186 O’qitishning kredit-modul tizimida o’quv fanlari majburiy va tanlov fanlariga bo’linadi. Bunda kasbiy fanlar majburiy va kasbiy mahoratni chuqurlashtirishga yo’naltirilgan fanlar tanlov fanlari hisoblanadi. Shu ma’noda tanlov fanlari vositasida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qitiuvchilarini tarbiya jarayoni asoslari bilan tanishtirishning imkoniyatlari mavjud. Bunda quyidagicha yo’l tutish maqsadga muvofiq bo’ladi: - oliy peadgogik ta’limjarayonida shaxsni tarbiyalashga yo’naltirilgan ijtimoiy-gumanitar fanlarni (etika, estetika, sotsiologiya, politologiya kabilarni) tanlov fanlari tarkibiga kiritish; - tanlov fanlarining negizida shaxsni tarbiyalashga yo’naltirilgan asoslarni belgilash; - tanlov fanlarining mavzulari va modullarini o’qitishda nazarif hamda amaliyot uyg’unligiga rioya qilish. Shu jihatdan o’qitishning kredit-modul tizimida tanlov fanlari vositasida tarbiya jarayonini tashkil etish imkoniyatlari mavjud. Savol tug’iladi: talaba tarbiya jarayoniga yo’naltirilgan tanlov fanlarini tanlaydimi? Buning uchun tanlov fanlari bo’yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi: - tanlov fanlarining mavzulari va modullari bo’yicha o’quv materiallarini qiziqarli, o’ziga jalb qiluvchi va yo’naltiruvchi xususiyatlarga ega tarzida tayyorlash; - mavzular va modullar bo’yicha o’quv materiallarining 30 foizini nazariy va 70 foizini amaliy qismlar asosida tayyorlash; - o’quv materiallarida topshiriqlar, mustaqil ta’lim kombinatsiyalari, animatsiyalar va mulьtimediali tasvirlarning bo’lishiga erishish; 187 - o’quv materiallarini tayyorlashda talabalarning takliflari va fikr- mulohazalarini hisobga olish. Shu jihatdan tarbiya jarayoniga yo’naltirilgan tanlov fanlarining o’quv materiallarini mukammal tayyorlash ularning talabalar tomonidan kutilgan darajada tanlashga erishish imkonini beradi. O’qitishning kredit-modul tizimida tarbiya jarayoniga yo’naltirilgan tanlov fanlarini targ’ibot qilib borish ham kutilgant samarani beradi. Misol uchun, talabalarga Etika fani shaxsning axloqiy ongi, fazilatlari va munosabatlarini shakllantirishda muhim o’rin tutishi, Shu jihatdan bu fan pedagogik kasbda ahamiyatga ega ekanligi tuShuntirilishi kerak. Ayni paytda, mazkur fanning pedagogik Etika xususiyatlariga oliy pedagogik ta’lim jarayonida e’tibor berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling