O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115
Bog'liq
darslik

Ta’limning mazmunli 
Ta’limning tashkiliy-metodik 


206 
tamoyillari 
tamoyillari 
 
 
*Javoblarning faqat raqamini vergul (,) bilan ajratgan holda kiriting! 
Masalan: 1,4,5,12..... 
Boshlang’ich ta’limda masofaviy o’qitish natijalarini baholash. 
Boshlang’ich ta’limda masofaviy o’qitish natijalarini baholash bir necha 
vositalarga ega. Mazkur baholashda quyidagi o’quv –texnik jihozlardan 
foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi: 

kompьter texnik vositasida ishlab chiqilgan baholash dasturiga asosan; 

xalqaro baholash dasturlariga asosan; 

maxsus tuzilgan testli dasturlarga asosan. 
Ushbu baholash yondaShuvlari masofaviy ta’lim vositasida 
o’zlashtirilganlarni xolis nazorat qilish imkonini beradi.
Masofaviy o’qitish natijalarini baholashda quyidagi mezonlarga 
asoslaniladi: 

talabalarning (o’quvchilarning) muayyan mavzu yoki modul bo’yicha 
o’zlashtirgan bilimlarini baholash; 

muayyan mavzu yoki modul bo’yicha ko’nikma va malakalarni 
baholash; 

muayyan o’quv fani bo’yicha o’zlashtirilgan kompetentsiyalarni 
baholash; 

o’quvchilarning o’quv-bilish faolligini baholash. 


207 
Mazkur baholash mezonlari pedagogika ayni paytda, boshlang’ich 
ta’lim tajribasidan o’tgan. Shu sababli baholashning bu an’anaviy 
mezonlari ko’pgina rivojlangan davlatlarning ьoshlang’ich ta’lim 
tizimida qabul qilingan.
Kezi kelganda Shuni ta’kidlash lozimki, mavjud ehtiyojlar va 
talablar asosida masofaviy ta’lim natijalarini baholash takomillashtirilib 
boriladi. Misol uchun, O’zbekiston ta’lim tizimiga 2020-2021 o’quv 
yilidan boshlab o’qitishning kredit-modul tizimi joriy etila boshlandi. 
Shu sababli yaqin kelajakda boshlang’ich ta’limni amalga oshirishda 
mazkur modul asosida baholash asalga kiritiladi. O’qitishning kredit-
modul tizimida masofaviy ta’lim natijalarini baholash talabalar 
(o’quvchilar) tomonidan to’plangan kreditlar asosida amalga oshiriladi. 
Shu jihatdan bu tizim vositasida masofaviy ta’lim natijalarini 
quyidagicha baholash imkoniyatlariga ega bo’linadi: 

o’quv fanini o’zlashtirishni kredit asosida baholash; 

o’quv fanining muayyan modulini o’zlashtirishni kredit asosida 
baholash; 

o’quv fanini o’zlashtirish natijasida erishilgan kompetentsiyani kredit 
asosida baholash. 
Eslatib o’tish joizki, bunday baholash tizimida har bir o’quv 
fanining o’z kredit o’lchovi bo’ladi. Misol uchun, ―Bolalar 
pedagogikasi‖ o’quv fanining krediti 180 o’lchovli, ―Boshlang’ich 
ta’lim pedagogikasi‖ o’quv fanining krediti esa 240 o’lchovli bo’lishi 
mumkin. Biroq, o’quv fanlarining turli kredit o’lchovlarga ega bo’lishi 
ularning kasbiy fanlarda tutgan o’rniga daxl qilmaydi. Shu jihatdan 


208 
o’quv fanlarini masofaviy o’qitishning natijalarini kredit-modul tizimi 
asosida baholash ularni o’zlashtirganlik darajasi bilan belgilanadi.
Shunday 
qilib 
boshlang’ich ta’limda masofaviy o’qitish 
texnologiyasi 
didaktik 
yangilanib 
borish, 
ta’limda sifat va 
samaradorlikka erishishning muhim omillaridan biridir. 
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Boshlang’ich ta’limda masofaviy o’qitish texnologiyasi mazmuni 
deganda nimani tuShunasiz? 
2. Boshlang’ich ta’limda elektron-modulli o’qitish texnologiyasi asoslari 
nimalardan iborat? 
3. Boshlang’ich ta’limda masofaviy o’qitish natijalarini baholash qanday 
omillarga tayanadi? 
4. Professor SH.Q.Mardonov tomonidan masofaviy o’qitishning qanday 
elektron-modulli didkatik ta’minoti ishlab chiqilgan? 
Topshiriq: pedagogik amaliyot 
Boshlang’ich ta’limda masofaviy o’qitish texnologiyasi asoslarini 
o’rganing. 
Professor SH.Q.Mardonov tomonidan shakllantirilgan elektron –
modulli o’qitish texnologiyasini o’zlashtiring. 
Boshlang’ich ta’limda masofaviy o’qitish natijalarini baholash 
omillarini konspekt qiling. 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling