O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Integratsion darslar turlari. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim
pedagogikasida integratsion darslar turlari shakllanish jarayonini boshidan kechirmoqda. Shu sababli bu o’rinda e’tiboringizni integratsion darslarning quyidagi turlariga tortamiz: 1. Auktsion dars. Mazkur integratsion dars turi auktsion tarzda o’tkaziladi. Unga ko’ra, muayyan mavzular bo’yicha qisqacha tuShuntirish berilib, o’quvchilarning fikri o’rganiladi va ular mutaxassis tomonidan baholab boriladi. Bunday darsda o’quvchilar to’rt guruhga bo’linadi va guruh a’zolari qo’yilgan mavzular bo’yicha fikrlar taqdimotini o’tkazadi. Qaysi guruhning fikri mavzuni keng yoritib bersa, Shu g’uruh g’olib hisoblanadi va guruh a’zolarining har bir teng baholanadi. Auktsion dars yakunida uy vazifasi berilmaydi. 2. Hamkorlik darsi. Integratsion darsning bu turi muayyan mavzularni mutaxassislarning ishtirokida o’tkazishga asoslanadi. Unda mutaxassis mavzuni ma’ruza tarzida tuShuntiradi va dars yakunida o’quvchilarning savollariga javob beradi. Hamkorlik darsining amaliy mashg’uloti bo’lib, u maxsus dars sifatida o’tiladi. Unda mutaxassis ma’ruzasi muhokama qilinadi va o’quvchilarning mavzuni qanday tuShunganligi hamda o’zlashtirganligi aniqlanadi. O’qituvchi o’quvchilarning muhokamada ishtirok etishiga tayanib ularning bilimini baholaydi. 226 Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida har chorakda bir marta hamkorlik darsi o’tkazish tavsiya etiladi. 3. Innovatsion dars. Integratsioon darsning bu turida ko’p hollarda kompyuter texnologiyasiga asoslanadi. Unga ko’ra, o’qituvchi tomonidan mavzu va uning matni kompyuter dasturiga joylashtiriladi. Dars jarayoni ham kompьyuter vositasida o’tiladi va taklif qilingan mutaxassis yoki o’qituvchilar masofadan turib kompьyuter vositasida dars jarayonini kuzatib boradi. Darsning yakunida bu kuzatuvchilar darsga nisbatan o’z munosabatini bildiradi va uning yangilik darajasini baholaydi. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida innovatsion darslarni tashkil qilish o’qituvchining mahorat darajasi sifatida baholanmoqda. Integratsion darslarning boshlang’ich ta’limdagi yangiligi mashg’ulotlarning mutaxassislar ishtiroki va ularning yordamida o’tish bilan belgilanadi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling