O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usuli
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usuli. Bugungi
kunda O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimiga o’qitishning innovatsion usullarini joriy etish jarayoni kechmoqda. Ulardan biri o’qitishning klaster usulidir. Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usulining asosiy maqsadi boshlang’ich sinf o’quvchilariga mavzular, darslar va o’quv fanlarini o’qituvchilar, o’quvchilar, maktab jamoasi hamda mutaxassislar ishtirokida hamkorlikda amalga oshirishdir. Bunda mavzularni yoki o’quv fanlarini tuShuntirishda keng jamoatchilikning 232 imkoniyatlaridan va keng ko’lamli ma’lumotlardan oqilona foydalanish nazarda tutiladi. Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usuli vazifalari quyidagilardan iborat: - maktab jamoasining boshlang’ich ta’lim bo’yicha ilg’or mutaxassislari, ilmiy va o’quv markazlari bilan hamkorlikda dars o’tishi bo’yicha Rejaga ega bo’lishi; - boshlang’ich ta’lim mavzularini chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan ma’lumotlar asosida o’tish; - boshlang’ich ta’lim darslarini an’anaviy va noan’anaviy mashg’ulotlar shakllarida tashkil qilish; - boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarini o’zaro bog’liqlik va uyg’unlikda o’qitish; - boshlang’ich ta’limda klaster usulini joriy etish jarayonini monitoring qilib borish. Bu vazifalarni amalga oshirish bilan boshlang’ich ta’limni tashkil qilishda klaster usuli imkoniyatlariga ega bo’linadi. Hozirgi kunda boshlang’ich ta’limni tashkil qilishda o’qitishning klaster usulidan foydalanish uchun quyidagilarni amalga oshirish dolzarb bo’lib turibdi: - oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun boshlang’ich ta’limda klaster usuli bo’yicha bilim berish; - pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi vositasida amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilarini o’qitishning klaster usuli bo’yicha malakasini tarkib toptirish; 233 - boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usuli bo’yicha metodologik asoslarini ishlab chiqish; - boshlang’ich ta’limnin tashkil qilishning klaster usuliga doir xalqaro tajribalarni o’rganish. Mazkur masalalarni hal qilish boshlang’ich ta’limni tashkil qilishda klaster usulidan oqilona foydalanish imkoniyatlarini beradi. Bizning yondaShuvimizga ko’ra, o’qitishning klaster usulini boshlang’ich ta’limga joriy etishda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo’ladi: - boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarini ijtimoiy, aniq va tabiiy fanlar turkumlariga bo’lib o’qitish; - mazkur turkumlar bo’yicha mutaxassislarni, ilmiy va o’quv markazlarini boshlang’ich ta’lim mashg’ulotlariga keng jalb etish; - boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarining klaster usulida o’qitish jarayonini Sinf rahbari tomonidan nazorat qilib borilishi. Bunday yondaShuv qo’yilayotgan muammoning yechimini ijobiy hal qilishga xizmat qiladi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling