O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limda maktab–laboratoriya tashkil qilish
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limda maktab–laboratoriya tashkil qilish
asoslari. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limini davr talablariga mos rivojlantirish asoslaridan biri ―Maktab-laboratoriya‖ usulidir. Bu o’rinda ana Shu masalaning tahliliga e’tiboringizni tortamiz. Boshlang’ich ta’limda ―Maktab-laboratoriya‖ usulini joriy etish uchun avvalo uni munosib darajada tashkil etish lozim bo’ladi. Bunda quyidagi tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. 1. KeliShuv. Bunda quyidagilar amalga oshiriladi: - geografik jihatdan yaqin bo’lgan oliy ta’lim muassasasi va umumiy o’rta ta’lim maktabi o’rtasida ―Maktab-laboratoriya‖ tajriba-sinov maydonchasini tashkil etish to’g’risida keliShuv tuziladi; - bunda tomonlarning vazifalari aniq belgilab qo’yiladi; - tuzilgan―Maktab-laboratoriya‖ tajriba-sinov maydonchasining funktsiyalari belgilanadi. 2. Yo’nalish. Bunda ―Maktab-laboratoriya‖ tajriba-sinov maydonchasining quyidagi yo’nalishlar bo’yicha vazifalari belgilanadi: - tajriba-innovatsion yo’nalishi bo’yicha; - ilmiy-uslubiy yo’nalishi bo’yicha; - ilmiy tadqiqot yo’nalishi bo’yicha; - axborot –tahlil yo’nalishi bo’yicha. Shu jihatdan boshlang’ich ta’limda tashkil qilinadigan ―Maktab- laboratoriya‖ tajriba-sinov maydonchasi innovatsion, ilmiy-uslubiy, 239 ilmiy tadqiqot va axborot-tahliliy yo’nalishlar bo’yicha amaliy ishlarni amalga oshiradi. 3. Monitoring. Bunda quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilanadi: - ―Maktab-laboratoriya‖ tajriba-sinov maydonchasining amalga oshirgan ishlarini oylik, choraklik va yillik monitoring qilib borish; - monitoring natijasida amalga oshirilgan ishlarning yutuqlarini baholash va kelgusi ishlar yo’nalishlarini belgilash; - monitoring natijasida tajriba-sinov maydonchasining faoliyatini takomillashtirib borish. E’tibor berilsa, boshlang’ich ta’limda ―Maktab-laboratoriya‖ tajriba-sinov maydonchasi tashkiliy jihatdan ьo’ziga xos tarzda yo’lga qo’yiladi. Boshlang’ich ta’limda ―Maktab-laboratoriya‖ tajriba-sinov maydonchasini tashkil etish quyidagi to’rt bosqichda amalga oshiriladi: 1) maydonchaning tajriba-sinov uchun ilmiy-uslubiy ta’minotini tayyorlash; 2) maydonchaning tajriba-sinov ishlari rejasi yoki yo’l xaritasini ishlab chiqish; 3) ishlab chiqilgan reja yoki yo’l xarita asosida tajriba-sinov ishlarini o’tkazish; 4) maydonchaning tajriba-sinov ishlari natijalarini tahlil qilish. Bu ishlar ―Maktab-laboratoriya‖ tajriba-sinov maydonchasi uchun tuzilgan Guruh tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur bosqichlardagi vazifalar tajriba-sinov maydonchasining faoliyati asoslari bo’lib xizmat qiladi. 240 Boshlang’ich ta’limda ―Maktab-laboratoriya‖ tajriba-sinov maydonchasini tashkil etish bilan mazkur ta’lim turining sifat va samaradorligiga kutilgan darajada erishish nazarda tutiladi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling