O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli metodlari
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli metodlari.
Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usulini joriy etish uchun asosiy metodlarni belgilab olish kerak. Bizning yondaShuvimizga ko’ra, bu metodlarningь asosiylari quyidagimlardan iborat: 1) uzviylik; 2) hamkorlik; 3) samaradorlik. 234 Uzviylik metodi boshlang’ich ta’limning mavzulari, darslari va o’quv fanlarini ketma-ketlikda amalga oshirishga asoslanadi. Misol usun, O’qish fanining mavzusi Ona tili fanining mavzusi bilan uzviylikda o’qitilishi kerak. Bunda uzviylik deganda tushunchalar va bilimlarni ketma-ketlikda berish tuShuniladi. Hamkorlik metodi boshlang’ich ta’limni undan manfaatdorlar bilan amalga oshirishga asoslanadi. Masalan, dars jarayonini amalga oshirishda o’qituvchilar ota-onalar bilan hamkorlik qilishi kutilgan samarani beradi. Bunda ota-onalar o’quvchilarning darslarni o’zlashtirganligi yoki sho’lashtirmaganligi to’g’risida axborot beruvchi hisoblanadi. Samaradorlik metodi boshlang’ich ta’limning mavzulari, darslari, o’quv fanlari va tarbiya jarayonini kutilgan darajada amalga oshirishga asoslanadi. Misol uchun, boshlang’ich ta’limda o’qitish va tarbiyalash jarayoni teng samarani berishi kerak. Bunda boshlang’ich sinf o’qituvchilari va maktab jamoasining birligi muhim o’rin tutadi. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli metodlari endi shakllantirilmoqda. Shu sababli bu borada quyidagilarni amalga oshirish zarurat bo’lib turibdi: - o’qitishning klaster usuli metodlarini tadqiq etish va ularning asosiylarini belgilash; - bunday metodlarni tajriba-sinovdan o’tkazish va Shundan keyin ularni ommaviylashtirish; - metodlarni boshlang’ich ta’limga joriy etishning metodologik asoslarini yaratish; - mazkur metodlar bo’yicha xorijiy tajribalarni o’rganish. 235 Shunday qilib boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli pedagogik innovatsion tizimning negizlaridan biri sifatida amaliy ahamiyatga ega. Mustaqil ta’lim uchun savollar: 1. O’qitishning klaster usuli mazmuni nimalardan iborat? 2. Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usuli deganda nimalarni tuShunasiz? 3. Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli metodlarini nimalar tashkil qiladi? 4. Boshlang’ich ta’limda o’qitishninshg klaster usuli qanday jarayon hisoblanadi? Topshiriq: pedagogik amaliyot O’qitishning klaster usuli mazmunini o’rganing va ularni konspekt qiling. Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usulini o’zlashtiring va yodda saqlang. Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli metodlarini yodlang. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling