O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
-mavzu: Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qitishning klaster usuli mazmuni.
26-mavzu: Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli
Reja: 1. O’qitishning klaster usuli mazmuni 2. Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usuli 3. Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli metodlari. *** Tayanch tushunchalar:integratsiya, ta’lim, boshlang’ich, o’qitish, klaster, usul, bilim, ko’nikma, malaka, kompetentsiya, o’rganish, o’zlashtirish. *** O’qitishning klaster usuli mazmuni. Klaster tushunchasi G’arb mamlakatlarida ishlab chiqarish aloqalarini yo’lga qo’yish mazmunida qo’llaniladi. O’qitishning klaster, ya’ni topshiriqlar usuli o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga, ularning umumiy fikr doirasini kengaytirishga xizmat qiladigan atamalar, tushunchalar va voqelikning bir-biri bilan bog’liqligini anglab olishga o’rgatuvchi uslubdir. 19 Pedagogik ta’limning innovatsion klaster usuli 2019 yili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida ilk bor starategik tadqiqotlar mavzusi sifatida belgilandi. 20 O’qitishning klaster usulidada quyidagilar muhim o’rin tutadi: - ta’lim, ishlab chiqarish va manfaatdorlarning o’zaro bog’liqligi; - biror mavzu yoki darsni o’qituvchi, taklif etilgan mutaxasssis va maktab jamoasi ishtirokida o’tish; 19 Педагогика фанимдан изоҳли луғат. Ж.Ҳасанбоев ва бошқ. –Т.: ―Фан ва технология‖. 2009.222-бет. 20 Мухамедов Ғ., Ходжамқулов У. Педагогик таълим инновацион кластери:таъриф, тавсиф тасниф,. – Чирчиқ., 2019. 230 - ta’lim oluvchilarning tashabbuslarini inobatga olish. Bu yondaShuv o’qitishning klaster usuli ma’no-mazmunini ifodalaydi. O’qitishning klaster usulining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: - o’qitish jarayoniga eng so’nggi innovatsion yondaShuvlarni olib kirish; - o’qitish usulining samaradorligi uchun o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, adabiyotlar, vositalar hamda didaktik materiallarni uyg’unlikda tayyorlash; - o’qitish jarayoniga keng ko’lamli mutaxassislarni jalb etish. Umuman o’qitishning klaster usuli maqsadi mashg’ulotlarni jamoaviy tarzda amalga oshirishga asoslanadi. O’qitishning klaster usulining vazifalari quyidagilardan iborat: - mamlakatning boshlang’ich ta’lim tizimini zamonaviy bilim, malaka va kompetentsiyalarga ega pedagog kadrlar bilan ta’minlash; - oliy pedagogik ta’lim jarayonini ta’lim beruvchilar, ta’lim oluvchilar va ta’lim muassasalari vakillarining teng ishtirokida amalga oshirish; - o’qitish jarayonini izchillik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillarining uyg’unlashgan tarzida amalga oshirish; - o’qitish jarayonini manfaatdorlarning hamkorligi asosida jamoaviy boshqarish. Mazkur vazifalarni amalga oshirish bilan o’qitish jarayonining sifat va samaradorligiga erishiladi. Shu jihatdan o’qitishning klaster usuli quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1) innovatsion yondaShuvchanlik; 2) hamkorlik; 231 3) innovator o’qituvchilarga ega bo’lish. E’tibor berilsa, bu tamoyillar o’qitishning klaster usuli innovatsion xarakterda ekanligini ko’rsatadi. O’zbekiston ta’lim tizimida o’qitishning klastker usuli endi joriy etilmlqda. Shu jihatdan quyidagilarni amalga oshirish dolzarb bo’lib turibdi: - o’qitishning klaster usuli bo’yicha nazariy-metodologik ishlanmalar yaratish; - bo’lajak o’qituvchilarga o’qitishning klaster usuli bo’yicha kasbiy bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiya berish; - ta’lim oluvchilar va ta’limdan manfaatdorlarning o’qitishning klaster usuli bo’yicha ko’nikmasini shakllantirish; - ta’lim muassasasida o’qitishning klaster usuliga amal qilishga doir sharoit va muhit yaratish. Bu masalalarni ijobiy hal qilish natijasida o’qitishning klaster usuliga o’tish mumkin. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling