O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarining samaradorligi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarining samaradorligi. 
Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limining sifat va samaradorligini 
baholashda mahorat darslarining ham ahamiyati katta. Shu jihatdan 
boshlang’ich ta’limda mahorat darslarining samaradorligini baholashda 
quyidagilarga e’tibor berish lozim: 

dars o’tuvchi tomonidan mavzuning yoritilish darajasi; 

dars o’tuvchi tomonidan darsda qo’llanilgan jihozlar, vositalar va 
metodlarning originalligi; 

o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirish darajasi; 

darsga berilgan kuzatuvchining bahosi. 
Aynan marna Shu indikatorlar asosida boshlang’ich ta’limda tashkil 
etiladigan mahorat darslarining samaradorligi baholanadi. Shu sababli 
mahorat darslarida quyidagilarning ishtirok etishi maqsadga muvofiq 
hisoblanadi: 

fan o’qituvchisi va Sinf rahbarining ishtiroki; 


247 

maktab jamoasi o’qituvchilarining kuzatuvchi guruhi ishtiroki; 

maktab psixologining ishtiroki. 
Mazkur ishtirokchilar mahorat darsining mazmuni, sifati va 
darajasini baholaydi.
Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarining samaradorligiga 
erishish uchun quyidagi shakllarda tashkil etish maqsadga muvofiq 
bo’ladi: 

an’anaviy dars shakldida; 

masofaviy ta’lim shakldida; 

onlayn tarzidagi elektron – modulli ta’lim shaklida; 

videoanjuman shaklida. 
Bu dars shakllari boshlang’ich ta’limda mahorat darslarining 
samaradorlik darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarini tashkil etish bilan 
o’quvchilarning quyidagi darajalarda mavzuni o’zlashtirishiga erishiladi: 
1) taniShuv darajasi (o’quvchilarning yangi mavzu va yangi o’qituvchini 
qabul qilishi); 
2) algoritmik daraja (o’quvchilarning mavzuni xotirasida yaxshi saqlab 
qolishi); 
3) evristik daraja (o’quvchilarning mavzuni to’liq o’zlashtirishi va yangi 
bilimga ega bo’lishi). 
Aynan mana Shu darajalarga muvofiq mahorat darslarining 
samaradorligini baholab borish maqmadga muvofiq bo’ladi.
Shunday qilib boshlang’ich ta’limning sifat va samaradorligiga 
erishishda mahorat darslari usuliningsh ahamiyati kattadir.


248 
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Mahorat darslarining mazmuni deganda nimani tuShunasiz? 
2. Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarini tashkil qilish asoslari 
nimalardan iborat? 
3. Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarining samaradorligi qanday 
baholanadi? 
4. Boshlang’ich ta’lim sifat va samaradorligida mahorat darslari qanday 
o’rin tutadi? 
Topshiriq: pedagogik amaliyot 
Mahorat darslarining mazmuni va mohiyatini o’rganing, pedagogik 
amaliyot davrida mohir o’qituvchilar bilan hamkorlik qiling. 
Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarini tashkil qilish asoslarini 
o’zlashtiring. 
Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarining samaradorligini 
baholash asoslarini konspekt qiling. 
 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling