O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


-mavzu: Boshlang’ich sinflarda mahorat darslari usuli


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
Bog'liq
darslik

28-mavzu: Boshlang’ich sinflarda mahorat darslari usuli 
Reja: 
1. Mahorat darslarining mazmuni 
2. Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarini tashkil qilish asoslari 
3. Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarining samaradorligi 
*** 
Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, mahorat, dars, usul, 
samara, bilim, ko’nikma, kompetentsiya, individuallik, tajriba, 
ommaviylik.  
*** 
Mahorat darslarining mazmuni. Bugungi boshlang’ich ta’lim 
jarayonini mazmun, uslub va yondaShuv jihatlaridan yangilab borish 
dolzarb bo’lib turibdi. Buning uchun boshlang’ich ta’limni amalga 
oshirishning an’anaviy va noan’anaviy tajribalaridan uyg’un foydalanish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu jihatdan ―Mahorat darslari‖ tajribasi 
muhim omillardan biri hisoblanadi.
―Mahorat darslari‖ o’zbek va jahon pedagogikasida keyingi ikki asr 
davomida shakllanib hamda rivojlanib kelmoqda. Avvalo ta’kidlash 
lozimki, mahorat – bu murakkab ishni tez, aniq bajarishning yengil
mehnatning yuqori sifati va barqaror sur’ati uchun kafolat beruvchi 
ishonchlilikdir.
22
Shu jihatdan mahorat mutaxassis shaxsning tajriba 
orqali orttirgan o’ziga xos ko’nikma va ijodkorligining majmui 
hisoblanadi.
22
Педагогика фанидан изоҳли луғат. Ж. Ҳасанбоев ва бошқ. – Т.: ―Фан ва технология‖. 
2009. 304-бет 


244 
Mahorat darsi – tegishli tayyor ko’nikma va malakalarga tayanib 
muayyan mavzuni noan’anaviy usullar vositasida o’tish jarayonidir. 
Mazkur darslar tajribali va ilg’or mutaxassislar hamda o’qituvchilar 
tomonidan o’tkaziladi. Bunday darslarni o’tkazishdan maqsad 
quyidagilar hisoblanadi: 

ilg’or o’qituvchilarning individual tajribasini jamoaga uzatish; 

yosh mutaxassislar uchun saboq berish; 

o’qituvchi va murabbiylarning ko’nikmalarini rivojlantirib borish; 

jamoaning umumiy tajriba darajasini yuksaltirish. 
Mahorat darslari maxsus tashkil etilishi bilan o’ziga xos xususiyatga 
ega bo’ladi. Bizning yondaShuvimizga ko’ra, oliy pedagogik ta’lim 
jarayonini mahorat darslari vositasida tashkil qilish samarali hisoblanadi. 
Buning uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: 

mamlakatning tajribali va mahoratli mutaxassislari darslarini tashkil 
etish; 

xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi mohir mutaxassislarning 
darslarini masofaviy ta’lim asosida tashkil qilish; 

mahorat darslarining natija ko’lamini monitoring qilib borish; 

har oyda bir marotaba ―Mahorat darsi‖ o’tkazishga erishish; 

talabalarning ham sinovdan o’tkazuvchi darslarini tashkil qilib borish. 
Buning natijasida oliy pedagogik ta’lim jarayoni kuchayadi. 
Ayniqsa, mutaxassislik fanglarining muhim mavzularini mahorat 
darslari vositasida o’tish samarali hisoblanadi. CHunki buning 
imkoniyati mavjul bo’lib, mamalakatimizda turli muammolar bo’yicha 
ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. O’zgacha aytganda har bir 


245 
mavzuning o’z egasi bor, Shu sababli ana Shunday mutaxassislarni 
mahorat darslariga jalb qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling