O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarini tashkil qilish asoslari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarini tashkil qilish asoslari. 
Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida mahorat darslarining muhim o’rni 
bor. Shu sababli boshlang’ich ta’limda mahorat darslarini tashkil qilish 
uchun quyidagilarga amal qilish lozim: 

har bir o’quv fani yoki muhim mavzular bo’yicha mahorat darslarini 
o’tkazish Rejasini tuzish; 

mahorat darslariga jalb qilinadigan mutaxassislar va o’qituvchilar 
bilan doimiy aloqada bo’lish; 

imkon qadar maktabning imkoniyatlaridan keng foydalanish; 

ta’lim maskani joylashgan hududdagi institut, ilmiy va o’quv 
markazlari bilan hamkorlik qilish; 

mahorat darslari natijasini bayonlashtirib borish. 
Boshlang’ich ta’lim darslarini mahorat darslari vositasida o’tish 
qiziqarli va samarali bo’lib, unda o’quvchilarga ko’proq ma’lumot va 
axborot berish imkoniyati mavjud. Boshlang’ich ta’limda mahorat 
darslarini  tashkil qilish bilan quyidagilarga erishish nazarda tutiladi: 

mavzularni chuqurlashtirilgan tarzda o’tish; 

darsning qiziqarli bo’lishiga erishish; 

o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini kuchaytirish; 

darsning sifat va samaradorligini ta’minlash. 
Har bir maktabning Shunday imkoniyati mavjudki, unga ko’ra, 
mohoir va tajribali o’qituvchilarga ega. Bu toifa o’qituvchilar mahorat 
darslarini tashkil etish va o’tkazish mas’ullari sifatida belgilab qo’yilishi 
lozim. Ayniqsa, bunday imkoniyatdan boshlang’ich sinf darslarida 


246 
foydalanish zaruriyat hisoblanadi. Misol uchun, Ona tili o’quv fanining 
ko’pgina mavzularini maktab o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi 
ishtirokida o’tkazish kutilgan samarani beradi.
Boshlang’ich ta’limda mahorat darslarini tashkil etish ishi uchun 
hududiy xalq ta’limi bo’limlarining metodistlari asosiy vazifani bajarishi 
kerak. CHunki bunday metodistlar Shu hududdagi mohir va tajribali 
o’qituvchilar to’g’risida aniq ma’lumotga ega bo’ladi.
Bundan tashqari, muayyan hududdagi maktablarning mahorat 
darslari bo’yicha hamkorlik qilishi yanada samarali hisoblanadi. Shuni 
ta’kidlash lozimki, mahorat darslari har bir o’qituvchining kasbiy 
malakasini rivojlantirib borishga asos hisoblanadi.  

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling