O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Amerika qit’asi mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni tashkil
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Amerika qit’asi mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni tashkil
qilish integratsiyasi. Amerika qit’sidagi rivojlangan davlatlarning 251 boshlang’ich ta’limida ingliz-ispan ta’lim modelining ta’siri ko’zga tashlanadi. Unga ko’ra, boshlang’ich ta’limda asosan milliy g’oyaga asoslanish va o’quvchilarning ongiga dunyo fuqarosi g’oyasini singdirishga e’tibor beriladi. Jumladan, Amerika Qo’shma SHtatlari boshlang’ich ta’limida ―amerikalik - kuchli inson‖ g’oyasi asosida ta’lim-tarbiya jarayoni amalga oshiriladi. Amerikaning barcha shtatlarida quyidagi shakldagi boshlang’ich ta’lim maktablari faoliyat yuritadi: - federal (davlat) boshlang’ich ta’lim maktablari; - xususiy boshlang’ich ta’lim maktablari; - mintaqaviy boshlang’ich ta’lim maktablari. Mazkur maktablarda ingliz tiliga asoslangan amerika tili ustuvor darajada o’qitiladi. Ularda ―Antropologiya‖ fani ijtimoiy-gumanitar fanlarning negizi hisoblanadi. Ayni paytda, barcha shakldagi boshlang’ich maktablarda yagonalashtirilgan o’quv fanlari o’qitiladi. Kanada boshlang’ich ta’lim tizimida AQSHning boshlang’ich ta’lim tizimi xususiyatlari aks etgan. Shuningdek, Kanada boshlang’ich ta’lim tizimida asosiy e’tibor tabiiy fanlarni o’qitishga qaratiladi. Bu hol mamlakatning geografik joylaShuvidan kelib chiqilgan. Kanada boshlang’ich ta’limida ham davlat va xususiy boshlang’ich ta’lim maktablari faoliyat yuritidi. Ayni paytda, 1-2 sinflar kichik sinflar va 3-4-sinflar katta sinflar deb yuritiladi. Har bir o’quv fani mutaxassis o’qituvchi tomonidan o’qitiladi. Barcha o’quv fanlari ―Antropologiya‖fani tarkibi hisoblanadi. Kanada boshlang’ich ta’limida davlat ta’lim standarti yo’q. Shu sababli xususiy boshlang’ich ta’lim maktablari o’zlarining o’quv dasturlariga ega. 252 Braziliya mamlakatida boshlang’ich ta’lim g’oyasida Ispaniya ta’lim modelining ta’siri mavjud. Mazkur mamlakatda boshlang’ich ta’lim 1-5 sinflar hisoblanadi va boshlang’ich ta’lim olish majburiy. O’rta umumiy ta’lim esa majburiy emas. Braziliya boshlang’ich ta’limida aniq fanlarning ustuvor o’qitilishi ko’zga tashlanadi. Bunda Matematika, Algebra kabi fanlar boshlang’ich ta’limda keng o’qitiladi. Shuningdek, o’quvchilar dastlabki bosqichda Astronomiya asoslari bilan ham tanishtiriladi. Braziliya boshlang’ich ta’limi yoz, kuz va bahor oylarida amalga oshiriladi. Zero, Amerika qit’asi rivojlangan davlatlarida boshlang’ich ta’lim davlat nazoratida amalga oshirilishi bilan umumiy xususiyatga ega. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling