O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   115
Bog'liq
darslik

 
 


255 
30-mavzu: Boshlang’ich ta’lim samaradorligini integratsion 
baholash 
Reja: 
1. Integratsion baholash mazmuni 
2. 
Boshlang’ich ta’lim samaradorligini integratsion baholash 
mexanizmlari 
3. Boshlang’ich ta’limning samaradorligini integratsion baholash 
indikatorlari. 
*** 
Tayanch 
tushunchalar: 
integratsiya, 
ta’lim, 
boshlang’ich, 
samaradorlik, baholash, bilim, o’zlashtirish, ko’nikma, malaka, 
kompetentsiya. 
*** 
Integratsion baholash mazmuni. Integratsiya – o’qitishning 
maqsad va omillarini bir butun tarzda birlashtirib baholash jarayonidir. 
Bunday baholash jarayonida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratiladi: 

bilimlarni tizimli o’zlashtirish; 

har bir fanni kutilgan darajada o’zlashtirish; 

o’zlashtirganlarni amaliyotda qo’llay olish; 

o’zlashtirish natijasida axloq va dunyoqarash jihatidan rivojlanib 
borish. 
Mazkur talablar asosida o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi va 
boshlang’ich ta’limning samaradorligi baholanadi.
Boshlang’ich ta’limni integratsion baholash quyidagi xususiyatlarga 
ega bo’ladi: 

boshlang’ich ta’limni tashkil etish sharoitlari; 


256 

boshlang’ich ta’limni tashkil qilish asoslari; 

boshlang’ich ta’limning samaradorlik darajasi; 

boshlang’ich ta’limning pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik 
darajasi. 
Ushbu talablar asosida ta’limni integratsion baholash amalga 
oshiriladi. Bunda davlat baholash tashabbuskori hisoblanadi.
Bugungi kunda O’zbekistonda xususiy shakldagi boshlang’ich 
ta’lim maktablari ham rivojlanib bormoqda. Ular boshlang’ich ta’lim 
davlat standartlariga asosan faoliyat yuritadi. Ayni paytda, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat 
qilish inspektsiyasi tomonidan har 3 yilda xususiy boshlang’ich ta’lim 
maktablari yuqorida ta’kidlangan talablar asosida tekshirilib boriladi. 
Bundan asosiy maqsad boshlang’ich ta’limni sifatli va yuksak darajada 
amalg oshirishdan iborat.
Bizning fikrimizcha, boshlang’ich ta’limni integratsion baholash 
metodologiyasi ishlab chiqilishi kerak.  

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling