O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontseptsiya
Insonparvarlik – boshlang’ich ta’limning asosiy tamoyillaridan
biri. Bu tamoyilning asoslarini bolaparvarlik, bola huquqlarining ustuvorligi, mehribonlik va insoniylik tashkil etadi. O’zbekiston boshlang’ich ta’limida insonparvarlik tamoyiliga amal qilinishi 2018 yilda YuNESKO tomonidan yuksak darajada baholangan. Bu baho boshlang’ich ta’lim tizimida insonparvarlik tamoyiliga amal qilinayotganligining halqaro e’tirofidir. Refleks – boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning tabiiy xatti- xarakatlari va munosabatlarini ifodalaydi. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning bilimga qiziqishi, yangilikka intilishi va o’zini namoyon qilishi reflekslarini shakllantirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Bunga erishish o’quvchilarning savodxonligini kuchaytirish imkonini beradi. Stereotip – boshlang’ich ta’limda an’anaviy va tajribalardan o’tgan qadriyatlarga asoslanish jarayonini anglatadi. Misol uchun, har bir boshlang’ich sinf o’quvchisining bilimdon bo’lishi stereotip hisoblanadi. Shu sababli pedagogik va metodologik adabiyotlarga ijobiy ma’nodagi stereotiplarni qo’llash tavsiya etilgan. Emotsiya – boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijobiy xarkterdagi his-tuyg’ulari va hayajonlarini ifodalaydi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning emotsional hususiyatlarini shakllantirishga e’tibor beriladi va bundan maqsad o’quvchilarning ongi, ruhiyati hamda qalbiga ijobiy ta’sir ko’rsatishdir. Pedagogik psixologiya xulosalariga ko’ra, 269 emotsional xususiyatlari rivojlangan o’quvchilar bilim olishga juda qiziqishadi. Husnixat – 7-11 yoshli o’quvchilarning pedagogik, psixologik va estetik talablar asosida yozish, chizish va hisoblash ko’nikmasini shakllantirishga yo’naltirilgan o’quv fani hamda o’quvchilarning chiroyli yozishga o’rgatish ko’nikmasi. Boshlang’ich ta’limda husnixat asoslari eng muhim pedagogik tavsiyalar, individual tajribalar va lingvistik qoidalar asosida o’qitiladi. Buning natijasida boshlang’ich sinf o’quvchilarining chiroyli yozish ko’nikmasi shakllantiriladi. Pedagogik psixologiya tajribalariga ko’ra, o’quvchilarning yozuvchiga qarab, ularning xarkterini aniqlash mumkin. Kontseptsiya – Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida ta’lim va tarbiyaning asoslari, vositalari va texnologiyalarini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab berish majmui Kontseptsiya deyiladi. Kontseptsiyada boshlang’ich ta’limning maqsadi, vazifalari, amalga oshirish yo’llari, uslublari, texnologiyalari va strategik yo’nalishlari belgilanadi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling