O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Voleologiya
Boshlang’ich sinf o’quvchisi – bilim olish, ko’nikma egallash va
axloqiy fazilatlarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan 7-11 yoshli shaxslar boshlang’ich sinf o’quvchisi hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchisiga bilim olish, topshiriqlarni bajarish va qiziqishlarini namoyon qilish talabalari qo’yiladi. Ayni paytda, boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning huquqlari ustuvor hisoblanadi. Shu sababli boshlang’ich sinf o’quvchisining aqliy, jismoniy, ruhiy va estetik imkoniyatlari ta’lim jarayonida birlamchi tarzda hisobga olinadi. O’zbekiston sharoitida boshlang’ich sinf o’quvchisining xaq-huquqlarini to’liq himoya qilish boshlang’ich sinf o’qituvchilari zimmasiga yuklangan. Boshlang’ich sinf rahbari - mazkur kasb egasi 7-11 yoshli o’quvchilar shaxsini ta’limiy, tarbiyaviy va amaliy jihatdan shakllantiruvchi, himoya qiluvchi hamda yo’naltiruvchi professional o’qituvchi hisoblanadi. O’zbekiston sharoitida o’qituvchilarning maqomini yuksaltirish yondaShuvlariga binoan boshlang’ich sinf rahbarlariga o’quvchilarning mutlaq yetakchisi funktsiyasi yuklangan. Unga ko’ra, boshlang’ich sinf rahbarining fikri va xulosalari boshlang’ich sinf o’quvchilarining ota-onalari, o’qituvchilari va jamoatchilik vakillari tomonidan qat’iy qabul qilinadi. Maktab 267 pedagogik Kengashi boshlang’ich sinf rahbarining tavsiyasiga binoan boshlang’ich sinf o’quvchisi to’g’risida xulosa chiqaradi. Voleologiya – bu fan pedagogik yondaShuvlar asosidagi gumanitar fanlardan biri bo’lib, unda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchilarning sog’lom turmush tarzi bilan ta’minlanganlik muammolarini o’rganadi. Mazkur fan vositasida ta’lim oluvchilarda, ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom fikr, sog’lom g’oya va sog’lom fazilatlar shakllantirildi. Voleogiya fani mustaqillik yillarida O’zbekiston ta’lim tizimiga pedagogik fanlar turkumi sifatida kiritildi va hozirgi kunda mazkur fanning metodologik asoslari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Gepoteza – pedagogik ta’limda muayyan yangi fikrning tajriba- sinov natijalari asosida dalillanishi gipoteza deyiladi. Bu tushuncha ilmiy bashorat ma’nosida qo’llaniladi. Boshlang’ich ta’limda gepoteza o’quvchilarning bilim olish, ko’nikmalar o’zlashritish va tarbiyalanganlik darajalarini baholashda ishlatiladi, unda ilmiy farazlar asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarining rivojlanish darajasi baholanadi. Dars – boshlang’ich ta’limni berishning asosiy shakli. Dars kirish, asosiy va yakuniy qismlarga bo’linadi. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida darsning quyidagi turlari qo’llanilmoqda: yangi bilimlar berish darsi, ko’nimalarni mustahkamlash darsi, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish darsi, ilmiy dars, klaster dars, innovatsion dars, binar dars. Mazkur dars turlarining asosiy maqsadi boshlang’ich sinf o’quvchilariga kutilgan darajada yangi bilimlarni berish, tezkor ravishda ularning 268 ahloqiy fazilatlarini shakllantirish va layoqatlarini rivojlantirishdan iborat. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’zining individual dars berish uslubiga ega bo’lishi taqozo etiladi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling