O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi
Boshlang’ich ta’lim – hozirgi zamon ta’lim jarayonida
boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’limning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning savodxonlik, bilim olish va tarbiyaviy ko’nikmalari shakllantiriladi. O’zbekiston boshlang’ich ta’limida o’quv fanlarining gumanitar, aniq va tabiiy turkumdagi asoslarining dastlabki tushunchalari bo’yicha saboq beriladi. 2017 yildan e’tiboran O’zbekiston boshlang’ich ta’limining savod o’rgatish funktsiyasi maktabgacha ta’lim bosqichiga o’tkazildi. Buning 264 natijasida O’zbekiston boshlang’ich ta’limi o’quv fanlari dverikatsiya qilinib, unga ko’ra, turdosh fanlar o’zaro yaqinlashtirildi va o’quv dasturlari umumlashtirildi. 2021 yil mart oyidan boshlab amalga kiritilgan Milliy o’quv dasturida boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalari sifatida fanlar turkumlari bo’yicha boshlang’ich bilim berish, o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy ko’nikmalarini shakllantirish va ularning layoqat kompetentsiyasini tarkib toptirish belgilandi. Shuningdek, 2020/2021 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston boshlang’ich ta’limiga ―Odobnoma‖ va ―Vatan tuyg’usi‖ fanlari o’rniga yangi mazmundagi ―Tarbiya‖ fani kiritildi. Bu hol O’zbekiston boshlang’ich ta’limi tarixi va tajribasida yangi xodisadir. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – mazkur o’quv fani Umumiy pedagogika asosida shakllangan bo’lib, u XX asrda ilmiy-nazariy va amaliy-uslubiy jihatdan asoslangan. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasining tarkiblarini boshlang’ich ta’limda bilim berish jarayoni, o’qitish didaktikasi va tarbiya nazariyasi tashkil qiladi. Mazkur yo’nalishlar bo’yicha mustaqillik yillarida O’zbekistonda ilmiy- tadqiqot ishlari amalga oshirilad boshlandi. Shu jihatdan boshlang’ich ta’lim pedagogikasining ta’lim berish nazariyasini Umumiy pedagogikaning tamoyillari tashkil etadi, didaktikasini boshlang’ich ta’lim berishning o’qitish nazariyasi tashkil qiladi va uning tarbiya nazariyasini boshlang’ich ta’limda o’quvchi shaxsini ma’naviy, axloqiy, jismoniy hamda aqliy jihatdan dastlabki bosqichda tarbiyalash tashkil qiladi. Hozirgi kunda Boshlang’ich ta’lim pedagogikasining ilmiy- tadqiqotchilik metodologiyasi asoslari shakllantirilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling