O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115
Bog'liq
darslik

 
 
 
 
 
 
 
 


249 
29-mavzu: Rivojlangan davlatlarda boshlang’ich ta’limni 
integratsiya asosida tashkil etish tajribalari 
Reja: 
1. Yevropa mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni tashkil qilish 
integratsiyasi 
2. Amerika qit’asi mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni tashkil qilish 
integratsiyasi 
3. Osiyo mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni tashkil qilish 
integratsiyasi 
*** 
Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, rivojlanish, davlat, 
integratsiya, tajriba, ilm, o’rganish, o’zlashtirish, tajriba. 
*** 
Evropa mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni tashkil qilish 
integratsiyasi. Hozirgi zamon Yevropa mamlakatlarida boshlang’ich 
ta’limni integratsiya, ya’ni hamkorlikda tashkil etish masalasiga alohida 
e’tibor berilmoqda. Unga ko’ra, rivojlangan davlatlarning boshlang’ich 
ta’lim tajribasi o’zga davlatninshg boshlang’ich ta’limiga tadbiq 
etilmoqda. Bu o’rinda Yevropa davlatlarining ayrimlarida boshlang’ich 
ta’limni tashkil etish tajribasiga e’tiboringizni tortamiz.
Buyuk Britaniyada boshlang’ich ta’limni tashkil etishda aniq 
fanlarning ko’proq o’qitilishiga e’tibor beriladi. Bu yondaShuvga ko’ra 
Matematika kabi o’quv fanining o’quvchilarning aqlini rivojlantirishda 
muhim o’rin tutadi. Shuningdek, mazkur mamlakat dunyodagi 
boshlang’ich ta’lim tajribalarini muntazam o’rganib boradi.


250 
Germaniyada boshlang’ich ta’limni tashkil etishda gumanitar 
fanlarning ustuvorligiga duch kelamiz. Mazkur mamlakatning ta’lim 
mafkurasiga 
ko’ra, gumanitar fanlar shaxsni oliyjanob qilib 
tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Shu sababli bu mamlakatda 
boshlang’ich sinfdayoq o’quvchilar ongiga ―olmon- ulug’ millat‖ milliy 
g’oyasi singdiriladi. Shuningdek, bu mamlakatda dunyodagi har bir 
mamlakatning boshlang’ich ta’limi to’g’risida xohlagan axborotni olish 
imkoniyati mavjud.
Italiya boshlang’ich ta’limida tabiiy fanlarni ustuvor darajada 
o’qitilishiga duch kelamiz. Unga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilari 
tabiat, koinot va dunyodagi tabiiy muhit to’g’risida aniq tasavvurga ega 
bo’lishi lozim. Shu sababli boshlang’ich ta’limda Biologiya va 
Antropologiya fanlari o’qitila boshlanadi.
Keltirilgan 
namunalardan 
ma’lum bo’ladiki, Yevropaning 
rivojlangan davlatlarida boshlang’ich ta’limga o’ziga xos tarzda 
yondaShuv 
mavjud. 
Ayni 
paytda, 
Yevropa 
mamlakatlarining 
boshlang’ich ta’limida quyidagi umumiyliklar mavjudligini eslatib o’tish 
joiz: 

har bir sinfda o’quvchilar sonining 10 nafardan oshmasligi; 

eng zaruriy fanlarning o’qitilishi; 

boshlang’ich ta’limni amalga oshirishda milliy mafkuraga asoslanishi; 

boshlang’ich 
ta’lim 
bo’yicha 
hamkorlikning 
keng 
yo’lga 
qo’yilganligi. 
Bizningcha bu tajribani o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi.  

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling