O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limni maktab – laboratoriya usuli asosida


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limni maktab – laboratoriya usuli asosida 
amalga oshirish omillari. Boshlang’ich ta’limning zamonaviy sifat va 
samaradorligiga erishishda pedagogik innovatsion ta’lim usullaridan biri 
―Maktab-laboratoriya‖ tajriba-sinov maydonchasi muhim o’rin tutadi. 
Buning uchun quyidagi omillarga asoslanish maqsadga muvofiqdir: 
1. Muammoni qo’yish. Bunda quyidagilar amalga oshirilishi kerak: 

boshlang’ich ta’lim va tarbiya jarayonidagi tezkor hal etilishi lozim 
bo’lgan muammolarni belgilash; 

boshlang’ich ta’limda o’quv jarayoni bo’yicha yangi yondaShuvlar, 
usullar, vositalar va texnologiyalarni tajriba-sinovdan o’tkazishni 
mo’ljallash; 

boshlang’ich sinf o’qituvchilarini ilmiy faoliyatga jalb etishni 
rejalashtirish. 
2. Amaliy faoliyat. Bunda quyidagilar amalga oshiriladi: 

reja yoki yo’l xaritasi asosida boshlang’ich ta’lim muammolarining 
yechimlari amaliy sinovdan o’tkaziladi; 

o’qitish va tarbiyalash jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish sinovdan 
o’tkaziladi; 

boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ilmiy faoliyati yo’lga qo’yiladi. 
3. Tahlil. Bunda quyidagilar bo’yicha tahliliy ma’dumotlar tayyorlanadi: 
- boshlang’ich ta’limdagi ta’lim, tarbiya va ilmiy loyihalar 
muammolarining natijalarini tahlil qilish; 


241 
- boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ilmiy ishlanmalarini muhokama 
qilish va ommaviylashtirish; 
- tajriba-sinov maydonchasining kelgusi faoliyat vazifalarini belgilab 
olish. 
Diqqat qilinsa, boshlang’ich ta’limda ―Maktab-laboratoriya‖ tajriba-
sinov maydonchasini tashkil etish omillari mavjud muammolarni ilmiy, 
amaliy va fundamental jihatdan hal qilishga yo’naltirilgan. Shu sababli 
bu tizimga keyingi paytlarda qiziqish bilan qaralmoqda.
Boshlang’ich ta’limda ―Maktab-laboratoriya‖ tizimini tashkil qilish 
bilan mazkur ta’lim tizimining samaradorligini oshirish ilk rejada turadi.
Hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim jarayoni boshlang’ich sinf 
o’qituvchilari va murabbiylarining ilmiy faoliyat bilan Shug’ullanishini 
taqoza etmoqda. CHunki ilmiy faoliyat ko’nikmasiga ega boshlang’ich 
sinf o’qituvchisi boshlang’ich ta’limda yuzaga keladigan kundalik yoki 
doimiy muammolarni hal etib borish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu 
ma’noda ―Maktab-laboratoriya‖ tajriba-sinov maydonchasi eng avvalo 
o’qituvchilarni ilmiy faollashtirish jarayoni hisoblanadi.
Hozirgi zamon oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak 
boshlang’ich sinf o’qituvchilarini ―Maktab-laboratoriya‖ tizimi bo’yicha 
ishlashga tayyorlash taqoza etiladi. Bu borada Toshkent viloyati 
Chirchiq davlat pedagogika institutida muayyan tajriba to’planganligini 
eslatib o’tish joiz.
Shunday qilib boshlang’ich ta’limda ―Maktab-laboratoriya‖ usuli 
(tizimi, tajriba-sinov maydonchasi) hozirgi zamon pedagogik ta’lim 
innovatsion yondaShuvlaridan biri bo’lib, u boshlang’ich ta’limning 
sifat va samaradorligini oshirish omillaridan hisoblanadi.


242 
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. ―Maktab – laboratoriya‖ usulining mazmuni nimadan iborat? 
2. Boshlang’ich ta’limda maktab – laboratoriya tashkil qilish asoslarini 
nimalar tashkil etadi? 
3. Boshlang’ich ta’limni maktab – laboratoriya usuli asosida amalga 
oshirish omillaridan nimalarni bilasiz? 
4. Boshlang’ich ta’limda ―Maktab-laboratoriya‖ usulini joriy etish 
qanday natijalar beradi? 
Topshiriq:pedagogik amaliyot 
―Maktab – laboratoriya‖ usulining mazmunini o’rganing va uning 
o’zigi xos xususiyatlariga e’tibor bering. 
―Maktab – laboratoriya‖ usulini boshlang’ich ta’limda tashkil etish 
asoslarini konspekt qiling. 
Boshlang’ich ta’limni ―Maktab – laboratoriya‖ usuli asosida amalga 
oshirish omillarini eslab qoling. 


243 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling