O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Integratsion darslarning samaradorlik xususiyatlari
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Integratsion darslarning samaradorlik xususiyatlari. Hozirgi
zamon boshlang’ich ta’lim pedagogikasida integratsion darslar maqsadga erishishning yo’llaridan biri sifatida qabul qilinmoqda. Integratsion darslarning samaradorligi quyidagilar bilan belgilanadi: - davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarining muayyan fan doirasida to’liq bajarilishi; - har bir dars o’zaro tizimli bog’liqlikka ega bo’ladi; - har bir dars o’qitishning ko’p variantli tamoyillariga asoslanadi va bunda o’qituvchi boshqaruvchi vazifasini bajaradi; - har bir darsda imkoniyat doirasidagi texnik vositalar, metodlar va taklif etilgan o’qituvchi-mutaxassislar yordamidan foydalaniladi; - har bir dars o’quvchilarning faolligi asosida o’tkaziladi. 227 Integratsion darslarning bunday samaradorlik xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi: - innovatsion yondaShuvlardan foydalanish; - mavzularning o’zaro bog’liqligiga erishish; - tuShuntirish va o’zlashtirishning uyg’unlaShuvi; - o’quvchilarning faolligi. Mazkur samaradorlik xususiyatlari hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim pedagogikasining rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. CHunki unda darslarni innovatsion pedagogik texnologiyalar va ilmiy mutaxassislar yordamiga tayanib o’tish kutilgan samarani bermoqda. Bunday darslar ayniqsa, yosh boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun juda qo’l keladi. Integratsion darslarga qo’yiladigan talab mavzularni davlat ta’lim standartlari asosida yoritishdir. Shu sababli keyingi paytlarda integratsion darslarning didaktik asoslariga bo’lgan talab kuchayib bormoqda. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining integratsion darslar asoslaridan xabardor bo’lishi taqozo etiladi. Mustaqil ta’lim uchun savollar: 1. Integratsion dars tushunchasi qanday ma’noga ega? 2. Integratsion darslar turlaridan qaysilarini bilasiz? 3. Integratsion darslarning samaradorlik xususiyatlari nimalardan iborat? 4. Integratsion darslarning asosiy turlarini o’rganish mumkinmi? 228 Topshiriq: pedagogik amaliyot Mashhur amerikalik faylasuf-pedagog Djon Dьyuining (1859-1952) quyidagi pedagogik g’oyalarini o’zlashtiring. Pedagogning fikricha, tarbiyaning asosiy maqsadi – insonni hayotga moslashtirish va amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat. Buning uchun bolalarni imkon qadar har biri mustaqil tarbiyalanishi va voyaga yetkazilishi kerak. Pedagog olimning qarashlariga binoan bolalarning xususiyatlari quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: 1) har bir bolada ijtimoiy instinkt mavjud; 2) bolalardagi instinktlar rivojlanish xususiyatiga ega bo’ladi; 3) aynan instinktlar rivojlanib bolada quvvatga aylanadi; 4) bolalarni instinktini rivojlantirish bilan to’g’ri tarbiyalashga erishish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling