O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining integratsion faoliyat
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining integratsion faoliyat
asoslari. Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari (murabbiylari) hozirgi 220 zamon boshlang’ich ta’limida integratsion shaklda faoliyat yuritishi kerak. Bunday faoliyatning asoslarini quyidagilar tashkil qiladi: - o’quv dasturlarini hamkor o’qituvchilar bilan birgalikda ishlab chiqish; - murakkab mavzularni imkon qadar mutaxassislar ishtirokida o’qitish; - boshlang’ich sinf o’qituvchilari bilan ta’limiy va tarbiyaviy maslahatlarga ega bo’lish; - o’qituvchi kitobi bilan va imkon bo’lsa uning mualliflari bilan ishlash; - maktab jamoasi va hududiy xalq ta’limi bo’limlariga o’z faoliyati bo’yicha ma’lumotlar taqdim qilib borish; - o’zining individual ish uslubiga ega bo’lish. Bu asoslarga tayangan holda faoliyat yuritish o’qituvchining fanlararo va faoliyat doirasida integratsiya ish yuritish hisoblanadi. Aslida boshlang’ich sinf o’qituvchilari deyarli barcha asosiy fanlar bo’yicha mutaxassislar sifatida maslahatchi maqomida turadi. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini integratsion faoliyatga tayyorlash uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak: - mutaxassislik va pedagogik fanlarni integratsion tarzda o’qitish; - pedagogik integratsiya bo’yicha maxsus yoki fakulьtativ kurslar o’tish; - fanlararo bog’lanishni tuShuntirish; - oliy ta’lim muassasasidan tashqari ta’lim muassasalari bilan bog’lanish. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari pedagogik integratsiya bo’yicha ilmiy tadqiqotlar bilan ham tanishtirilishi kerak, afsuski, 221 pedagogik integratsiya muammolariga doir mamlakatimizda ilmiy ishlanmalar kam. Shu sababli boshlang’ich ta’limga oid O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari, Farmonlari va Qarorlariga diqqat qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Davlatimiz rahbarining kontseptsiyasiga ko’ra, integratsiya – jamiyat tuzilmalarining barcha bo’g’inlarida tarkib topishi kerak, bundan maqsad yagona tizim va jarayonga ega bo’lishdir. Shu sababli yangidan yaratilgan ―Milliy o’quv dasturi‖da boshlang’ich sinf fanlarining o’zaro bog’liqlik jihatlariga asosiy e’tibor qaratilgan. Misol uchun, Husnixat predmeti Ona tili va o’qish predmeti bilan yagona reja va dasturga ega. Bunda Ona tilining Husnixat va O’qish predmetlarini integratsiya qilib borishiga duch kelamiz. Ayni paytda, fanlarning g’oyaviy bog’liqligi ularning individualligiga daxl qilmasligi kerak. CHunki har bir o’quv fanining o’z ob’ekti va sub’ekti bor. Shu jihatdan boshlang’ich sinf o’qituvchisining integratsion faoliyati deganda ko’p hollarda uning turdosh fanlar mazmunidan xabardor bo’lishi tuShuniladi. Mustaqil ta’lim uchun savollar: 1. Integratsiya tushunchasi nimani anglatadi? 2. Boshlang’ich ta’limda integratsiya mazmuni deganda nimani tuShunasiz? 3. Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining integratsion faoliyat asoslari nimalardan iborat? 4. Boshlang’ich ta’limda integratsiya mazmunini o’zlashtirish mumkinmi? 222 Topshiriq: pedagogik amaliyot Ingliz pedagogi Robert Ouenning (1771-1858) quyidagi peadogik g’oyalarini o’rganing. Robert Ouen birinchi bo’lib pedagogik nazariya va pedagogik tajribani uyg’unlashtirib, pedagogik muammolarni hal etish uchun tajriba-sinov ishlari o’tkazishni ilmiy asoslab bergan. Uning fikricha, ta’lim qanday shaklda bo’lishidan qat’iy nazar ta’lim oluvchining qiziqishlari va ehtiyojlarini qoniqtirishi lozim. Pedagogning o’tkazgan amaliy tajribalariga ko’ra, o’quvchilarning xatolarini to’g’rilash imkoniyati mavjud. Buning uchun amaliy tajribalar o’tkazib, muammolarning yechimi topilishi kerak. Robert Ouen deydi:‖Ta’limda motivlar asosiy o’rin tutadi, unga ko’ra, insonni tarbiyalash–bu motivlar asosida uning xarakterini shakllantirishdir‖. G’arb pedagogikasida Robert Ouenning ―Pedagogik amaliyot‖ asari juda mashhur. U bu asarida jumladan Shunday deydi: ― Bolalarning tarbiyasida sinfning qulayligi muhim ahamiyatga ega‖. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling