O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion intilishlari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion intilishlari. 
Amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilarini innovatsion 
faoliyatga da’vat qilish hozirgi zamon ―Boshlang’ich ta’lim 
pedagogikasi‖ fanining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Buning uchun 
boshlang’ich 
sinf 
o’qituvchilarining 
innovatsion 
intilishlarini 
rag’batlantirib borish kerak bo’ladi. Bizning yondaShuvimizga ko’ra, 
quyidagilarga amal qilish samarali hisoblanadi: 

boshlang’ich sinf o’qituvchilarining malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash kurslarida muntazam ravishda innovatsion texnologiyalar 
bo’yicha bilim berib borish; 

innovatsion–kasbiy 
faoliyatga 
intiluvchi 
boshlang’ich 
sinf 
o’qituvchilarini aniqlash va ularga metodologik yordam berish; 

innovatsion 
faoliyat 
ko’rsatayotgan 
boshlang’ich 
sinf 
o’qituvchilarining tajribalarini ommalashtirish. 
Bunday yondaShuv boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion 
intilishlarini va faoliyatini tartibga solish imkonini beradi.
E’tibor berilsa, O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimida faoliyat 
yuritayotgan ko’pchilik o’qituvchilarning intilishlarida innovatsiya 


169 
majud. Misol uchun, ―Tasviriy san’at‖, ―Musiqa‖, ―Texnologik ta’lim‖, 
―Jismoniy madaniyat‖ kabi o’quv fanlarining o’qituvchilari dars 
faoliyatida hamisha yangi yondaShuvlarni, vositalarni va metodlarni 
qo’llaydi. Shu jihatdan ―Matematika‖, ―Ona tili va o’qish‖, ―Tarbiya‖ 
kabi 
o’quv fanlarining o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga 
yo’naltirish dolzarb hisoblanadi. 
Kezi kelganda ta’kidlash lozimki, hozirgi zamon boshlang’ich 
ta’lim tizimimizda faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarning individual 
tajribalari ham innovatsion faoliyat turiga kiradi. Misol uchun, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O’qituvchi va 
murabbiylar kuniga bag’ishlangan marosimdagi Murojaat nutqida (2020 
yil 30 sentyabrь) ana Shunday innovatsion faoliyat yuritayotgan Buxoro 
viloyati Qorako’l tumanidagi maktablardan birining o’qituvchisi 
To’xtamurod Jumaevning ana Shunday individul tajribasi to’g’risida 
alohida to’xtaldi va uning faoliyatini innovatsiya tarzida taqdim qildi: 
―Mana, bugungi kunimizning haqiqiy ma’rifatparvari va davrimizning 
Avloniysi, Behbudiy domlasi, Munavvarqorisi‖. CHunki mazur maktab 
bitiruvchilarining har yili 95 foizidan ortig’i oliy o’quv yurtlariga 
o’qishga kirmoqda. Bu ko’rsatkichda ushbu maktabda amalga oshirilgan 
boshlang’ich ta’limning hissasi ham mavjud. Mana Shunday individual 
pedagogik tajribalarni innovatsion faoliyat sifatida qabul qilish mumkin 
bo’ladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling