O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion faoliyatini


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion faoliyatini 
baholash. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion faoliyatini 
baholash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bunday baholashning asoslarini 
quyidagicha belgilash mumkin: 


170 

o’qituvchining yangicha fikrlashi va mudom yangiliklarga intilishi; 

o’qituvchining axborot texnologiyalaridan xabardorligi va ularni 
qo’llay olishi; 

o’qituvchining dars va tarbiyaviy mashg’ulotlarni butunlay yangicha 
o’tishi; 

o’qituvchining yangicha yondaShuvlari maktab jamoasi tomonidan 
e’tirof etilishi. 
Mazkur mezonlar boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion 
faoliyatini baholash asoslari bo’lib xizmat qiladi.
Pedagogik tajribalarda o’qituvchilarning innovatsion faoliyatini 
baholash bo’yicha bir necha mezonlar shakllantirilgan. Ularning asoslari 
quyidagilardan iborat: 
1. Boshlang’ich ta’limga yangiliklarning kiritilish ko’lami.Bu mezonga 
ko’ra, boshlang’ich ta’lim va tarbiya jarayoni butunlay yangicha 
asoslarda tashkil etilishi kerak, uning samaradorligi an’anaviy tashkil 
etishlardan farqlanib turishi lozim.  
2. Boshlang’ich ta’limga kiritilgan yangiliklar darajasi. Mazkur 
mezonga binoan boshlang’ich ta’limning o’quv fanlari va ularning 
mavzulari maqsadli ravishda yangilanib va takomillashtirilib borilishi 
kerak. Ayni paytda, bunday yangilanishlar boshlang’ich ta’lim davlat 
standartlari doirasida amalga oshirilishi darkor. 
3. Boshlang’ich ta’limga kiritilgan yangilikning vaqti. Mazkur mezonga 
ko’ra, boshlang’ich ta’limga kiritilgan yangiliklar ―aralashgan‖, 
―eskilarini yangilash‖ va ―mutloq yangi‖xususiyatlarga ega bo’lishi 
hamda ularning qisqa (bir martalik), o’rta (choraklik) va doimiy (yillik) 
muddatlarga ega bo’lishi kerak.  


171 
Zero, ushbu xalqaro mezonlarga muvofiq boshlang’ich sinf 
o’qituvchilarining innovatsion kasbi faoliyati baholanadi. 
Shunday qilib boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion 
faoliyati va ularni baholash o’ziga xos xususiyatlarga ega. 
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Bo’lajak 
boshlang’ich 
sinf 
o’qituvchilarining 
innovatsion 
ko’nikmasini shakllantirish asoslari nimalardan iborat? 
2. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion intilishlari qanday 
bo’ladi? 
3. Boshlang’ich 
sinf 
o’qituvchilarining 
innovatsion 
faoliyatini 
baholashda nimalarga asoslaniladi? 
4. Boshlang’ich 
sinf 
o’qituvchilarining 
innovatsion 
faoliyatini 
baholashga doir xalqaro tajribalarni bilasizmi?
Topshiriq:pedagogik amaliyot 
Germaniyalik mashhur pedagoglardan biri Fridrix Frebelning 
(1782-1852) quyidagi pedagogik qarashlarini o’zlashtiring.
Frebel pedagogika tarixida birinchi bo’lib maktabgacha ta’limning 
zaruriyatini asoslab bergan. Uning fikricha, maktabgacha ta’lim 
boshlang’ich ta’limning birinchi qadamidir va bunda u bolalarni ijodiy 
fazilatlarini maktabgacha ta’limda shakllantirishni ilk rejaga qo’yadi. 
Uning yondaShuviga binoan maktabgacha ta’lim va boshlang’ich ta’lim 
bir-birini to’ldirishi kerak. Mazkur ta’limlarda quyidagilar umumiy 
tarzda amalga oshiriladi: bolalarning ijodiy xususiyatlarini rivojlantirish, 
ularda bilish va mehnat qilish ko’nikmasini shakllantirish, tarbiyaviy 


172 
ahamiyatga ega o’yinlar ishlab chiqish va ayniqsa, nutqida nuqsoni bor 
bolalar bilan alohida ishlash.


173 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling