O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limda innovatsiyalarni tatbiq etish tajribalari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limda innovatsiyalarni tatbiq etish tajribalari. 
XX asrning 2-yarmidan boshlab dunyo mamlakatlari boshlang’ich ta’lim 
tizimida yangi innovatsion muassasalarni shakllantirish tajribalari 
yuzaga keldi. Bu o’rinda ana Shu tajribalarning eng muhimlariga 
e’tiboringizni tortamiz. 
1. Erkin boshlang’ich ta’lim maktabi. Bu innovatsion maktab 
Germaniyada tashkil etilgan bo’lib, u internat ko’rinishida faoliyat 
yuritiladi. Mazkur maktabda o’quvchilar erkinlik tamoyillari va 
fuqarolarningg o’zaro hamkorligi natijasida o’qitiladi. Unda fanlar emas, 
predmetlar kurslarga bo’linib o’qitiladi.  
2. Mehnat boshlang’ich ta’lim maktabi. Mazkur innovatsion maktab 
SHveytsariya, Avstriya va Rossiyada tashkil etilgan bo’lib, unda asosiy 
e’tibor o’quvchilarda mehnat ko’nikmasini shakllantirishga va ularni 


163 
jahon xalqlari madaniyatlari bilan tanishtirishga qaratiladi. Maktabda 
o’quvchilarning ixtiyoriyligi ustuvor hisoblanadi.  
3. Ochiq boshlang’ich ta’lim maktabi. Bu innovatsion maktab Buyuk 
Britaniyada tashkil etilgan bo’lib, unda o’quv rejalari va dasturlari 
o’qituvchilar tomonidan inddividual ishlab chiqiladi. Asosiy e’tibor 
o’quvchilarning ijodiy fikrlashiga qaratiladi.  
4. Yillik yangi boshlang’ich ta’lim maktabi. Mazkur innovatsion maktab 
AQSHda tashkil etilgan bo’lib, u butun yil davomida faoliyat yuritadi. 
Ayni paytda, o’quvchilar har 45 kundan keyin 2 hafta ta’tilga chiqishadi. 
Shu tariqa o’quvchilar butun yil davomida an’anaviy maktablardagidek 
soatlar hajmida sinfda bo’lishadi.  
E’tibor berilsa, dunyoning har bir mamlakati o’z ehtiyojlari va 
imkoniyatlaridan kelib chiqib, boshlang’ich ta’limga innovatsiyalarni 
tatbiq etgan.
O’zbekiston sharoitida boshlang’ich ta’limga innovatsiyalarni tatbiq 
etish uchun quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo’ladi: 

jamiyat talablaridan kelib chiqib boshlang’ich ta’lim asoslariga 
o’zgartirishlar kiritish; 

innovatsion texnologiyalar bilan qurollangan boshlang’ich sinf 
o’qituvchilari ko’lamini kengaytirish; 

boshlang’ich ta’limga innovatsiyalarni tatbiq etishni qat’iy monitoring 
qilib borish. 
Shunday qilib boshlang’ich ta’limda innovatsiya mazmuni o’ziga 
xos xususiyatlarga egadir. 


164 
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Innovatsiya tushunchasining mazmuni nimalardan iborat? 
2. Boshlang’ich ta’limda innovatsiya deganda nimani tuShunasiz? 
3. Boshlang’ich ta’limda innovatsiyalarni tatbiq etish tajribalaridan 
qaysilarini bilasiz? 
4. Boshlang’ich ta’limga innovatsiyalarni tatbiq etish asoslarini 
bilasizmi? 
Topshiriq: pedagogik amaliyot 
Ingliz pedagogi Samuil Uilьderspinning (1792-1866) quyidagi 
pedagogik qarashlarini o’zlashtiring. 
Pedagog hozirgi zamon innovatsion ta’limning negizlaridan biri 
bo’lgan hamkorlikda o’qitish metodini ishlab chiqqan. Unga ko’ra, 
yuqori sinf o’quvchilari boshlang’ich sinf o’quvchilariga biriktiriladi va 
ular bilan doimiy hamda muntazam ravishda mashg’ulot olib boradi, uy 
vazifalarini bajarishda ko’maklashadi. Yuqori sinflarning bunday 
faoliyati pedagog tomonidan monitor deb atalgan. Monitor o’quvchilar 
o’zlari biriktirilgan o’quvchilarning savodxon o’qishi va yozuvi uchun 
mas’ul hisoblangan. Bu jarayonda o’qituvchi maslahatchi vazifasini 
bajaradi.
Shuningdek, pedagog tomonidan o’qituvchilar uchun quyidagi 
qoidalarga amal qilish ishlab chiqilgan: 
1) hech qachon o’quvchini gunohkorlikda ayblamaslik; 
2) boladan hech narsani tortib olmaslik; 
3) hech qachon bolaga berilgan va’dani buzmaslik; 
4) har doim bolaning yutuq va kamchiliklarini nazardan qochirmaslik; 
5) hamisha bolaga namuna bo’lishga intilish. 


165 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling