Синий Органические Фигуры Мастер-Класс по Лидерству Вебинар Keynote Презентация


Download 9.58 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi9.58 Kb.
#1713652
Bog'liq
Синий Органические Фигуры Мастер Класс по Лидерству Вебинар Keynote


Korxonalarda investitsiya strategiyasini shakllantirish va uning xorij tajribalari
Mamatazizova Maftuna I-80
REJA:
1
Strategiya nima
2
Korxona investitsiya faoliyatida strategik yo’nalishlarini ishlab chiqishni vazifalari
3
Investitsiyaning guruhlari
Strategiya - bu umumiy majmuaviy, uzoq muddatga yo’naltirilgan va korxona resurslarini raqobatdagi ustunlikka erishish uchun murakkab ishlab chiqilgan reja.
Strategiyani shakllantirish va amalga oshirish korxona boshqaruvining ajralmas qismi hisoblanadi. “Strategiya” so’zi harbiy leksikadan kirib kelgan
bo’lib, “jangchilarni jangda joylashtirish san’ati” yoki “qo’mondonlik san’ati”ni anglatadi. Keng ma’noda strategiya – bu strategik vazifalar, resurslar va ularga erishish ketma-ketligini belgilaydigan asosiy reja hisoblanadi. Korxona uchun strategiya –bu qoidalar, usullar va harakatlar majmui bo’lib, ular yordamida aniq muammolar yechiladi va resurslar taqsimlanib maqsadga erishiladi.
Zamonaviy sharoitda korxonaning samarali faoliyati uchun investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish muammosi ayniqsa dolzarbdir. Investitsion jozibadorlik tadbirkorlik sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyati, jumladan, ishlab chiqarish, innovatsiya, bozor, marketing va boshqa faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Investitsion jozibadorlikni shakllantirish, aniq investitsiya strategiyasini ishlab chiqish, uning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, investitsiyalarning barcha manbalarini safarbar etish bugungi murakkab sharoitda korxonalarning barqaror va sifatli rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Investitsiya faoliyatida strategik yo’nalishlarni ishlab chiqish, bu faoliyatni amalga oshirish siyosatiga asoslanadi.
Korxona investitsiya faoliyatida strategik yo’nalishlarni ishlab chiqishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbatini aniqlash;
1
Korxona investitsion faoliyatining tarmoq yo’nalishini belgilash;
2
Investitsiya faolyatining hududlar yo’nalishi belgilash.
3
Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbatini aniqlash, bu
korxona faolyati funksional yo’nalishi bilan o’zaro bog’liq. Ko’p xollarda investorlar o’zlarining investitsion faoliyatini fond bozorida amalga oshiradilar. Bunda investorlar uchun qimmatli qog’ozlar bozorida o’z mablag’larini investitsiya qilish yaxshi samara berishi mumkin. Ularning uzoqqa mo’ljallangan investitsion faoliyatining asosiy shakli aksiya, obligatsiyalar va boshqa xil qimmatli qog’ozlar bo’lishi mumkin.
Bu vaqtda ba’zi bir korxonalar (investorlar) real investitsiyalarga mablag’lar sarflashni o’zlari uchun maqsad qilib qo’yishadi. Bu esa kelajakda korxona asosiy fondlarini yangilash, texnik qayta jixozlash bilan yangi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga zamin yaratadi.
Bu esa korxonaning yangi tovar va hududiy bozorlarga kirishga imkon beradi.
Bunday korxonalarning moliyaviy investitsiya faoliyatidagi ishtirokini qisqa muddatli, ya’ni vaqtinchalik bo’sh mablag’larini bu investitsiya turiga qisqa muddatli yo’naltirish yoki ma’lum bir korxona moliya-xo’jalik faoliyati ustidan nazorat o’rnatishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbati, kompaniya yoki korxona hayotiy sikl bosqichlariga bog’liq bo’ladi.
Iqtisodiyotning umumiy holati barqaror bo’lmaganda, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lsa, soliq siyosati doimo o’zgarib tursa, unda real investitsiyalar samaradorligi keskin kamayib ketadi va shu bilan birga investitsion risk oshib ketadi. Bunday holatda qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar samarali hisoblanadi.(shu shart bilanki, agar bu investitsiyadan olingan daromad darajasi, inflyatsiya darajasidan yuqori bo’lsa).
Bu shartlarni hisobga olgan holda korxona investitsion strategiyasi har bir bosqichi bo’yicha investitsiya turlarining o’zaro nisbati differensiyalanib turadi.
Korxona yoki kompaniya investitsion faoliyatining tarmoq yo’nalishini belgilash investitsiya strategiyasini ishlab chiqishning eng qiyin va og’ir vazifasi hisoblanadi.
Korxonaning investitsiya faoliyatini, uning umumiqtisodiy rivojlanish strategiyasi bilan bog’liqlikda bosqichma-bosqich olib borishni taqazo etadi.
Birinchi bosqichda, investitsiya faoliyatining tarmoq konsentratsiyasi (markazlashuvi) yoki diversifikatsiyasi maqsadliligi ko’rib chiqiladi.
Qoidaga ko’ra korxona investitsiya faoliyatinig boshlang’ich bosqichi investor uchun yaxshi tanish bo’lgan bir tarmoqqa konsentratsiya qilish bilan bog’liq bo’ladi. Ko’pgina G’arb davlatlari kompaniyalari amaliyoti shuni ko’rsatadiki, ular o’z strategiyasi yo’nalishlarini ko’p tarmoqli emas, balki bir tarmoqqa konsentratsiya qilish orqali boshlang’ich yaxshi samaraga erishganlar.
Ko’p xollarda kompaniyalar o’z investitsion faoliyatini ilk marta amalga oshirishda bir tarmoq bo’yicha barcha resurslarini konsentratsiya qilishmoqda, ya’ni xozirgi kunda ko’p korxonalar kompyuter texnikalar ishlab chiqarish, kompyuter dasturlari yaratishga sarf etmoqdalar. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bunday investitsion faoliyat strategiyasi korxonani bankrot holatiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ko’p xollarda kompaniyalar o’z investitsion strategiyasi yo’nalishlarini ishlab chiqishda, investitsiya faoliyatini tarmoqlar bo’yicha diversifikatsiya qilib beradilar.
Ba’zi yirik kompaniyalar investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida strategik xo’jalik markazlari tuzmoqdalar. Bunday xo’jalik markazlari birinchi marta AQShning “Djeneral Elektrik” kompaniyasida paydo bo’ldi.
Kompaniya investitsion faoliyat strategiyasi yo’nalishlarini ishlab chiqishda, kompaniya investitsiya faoliyatining hududlari yo’nalishi ham hisobga olinadi.
Chunki, bunday kompaniyalar iloji boricha yuqori riskli investitsion faoliyat olib bormaydilar.
Kompaniyalar investitsion faoliyat strategiyasi hudud yo’nalishlarini ishlab chiqishda, mamlakat hududlari bo’yicha investitsiyalarni jalb etish bo’yicha shart- sharoitlar hisobga olinadi.
Investitsion faoliyat yo’nalishlarini hududiy belgilash. Bu 2 (ikki) shart bilan bog’liq. Birinchi shart kompaniya xajmi hisoblanadi. Bu kompaniya o’z faoliyatini investorlar yashab turgan hududda (bir hudud doirasida) amalga oshirishi tushuniladi. Ikkinchi sharti kompaniya faoliyatining davomiyligi hisoblanadi, ya’ni kompaniya o’z faoliyatini 1 ta hududda amalga oshira turib, uni ko’zda tutgan maqsadini uzoqqa mo’ljallanganligi tushunish mumkin bo’ladi, ya’ni bir hududda uzoqroq faoliyat yuritish hisoblanadi.
real (kapital ko’rinishidagi) investitsiyalar – bu ishlab chiqarishga qo’yilgan uzoq muddatli mablag’, qoida bo’yicha, real aktivlarini sotib olish bilan bog’liq;
portfel (inominal) investitsiyalar – bu qiymatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’, boshqa korxonaga o’z mablag’ini kreditga berish hisobiga (pay) hissadir.
intellektual (aqliy, ilmiy) investitsiya – mablag’ini kadrlar tayyorlashga qo’yish, kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash (insoniy kapital), reklamaga, ilmiy izlanishga (innovatsiya), ijtimoiy sohaga qo’yishdir.
HAR XIL MANBALAR HISOBIGA INVESTITSION RESURSLARNI TASHKIL ETISH IMKONIYATLARINI O’RGANISH STRATEGIYANI ISHLAB CHIQISHNING IKKINCHI BOSQICHI HISOBLANADI.
Investitsion resurslar o’zlarini maxsus tovar sifatida namoyon etadi. Investitsiyalarini quyidagi guruhlarga ajratish qabul qilingan:
1. Investitsiya ob’ekti bo’yicha ajratiladi:
sof-investitsiya
brutto-investitsiya
reinvestitsiya
QAYTA TIKLASH JARAYONI BILAN BOG’LIQ HOLDA (FAOLIYATGA YO’NALTIRILGANLIGI) INVESTITSIYALAR QUYIDAGILARGA BO’LINADI:
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Download 9.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling