O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


MAVZU 15. A GEPATITNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI


Download 1.27 Mb.
bet103/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

MAVZU 15. A GEPATITNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI

1. Mashg’ulotning maqsadi:


A gepatitning epidemiologiyasini, etiologiyasini, profilaktikasini hamda epidemiologik nazoratini o’rganish.
2. O’qish joyi va vaqti:
4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi.
3. Talabalar quyidagilarni bilishi shart:
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi va A gepatitning tasnifiy ahamiyati, endemik hududlar, aholining kasallanish darajasini.
3.2. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmlari va omillarini.
3.3. Epidemik jarayon ko’rinishlarini.
3..4. Profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini.
3.5. Epidemiologik diagnoz asosida kasallanishni tahlil qilishni.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma:
4.1. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini va xavfli omillarini tahlil qila bilishi kerak.
4.2. Epidemik jarayon ko’rinishlarini tahlil eta olishlari zarur.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1. Kirish.
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazi bilimlarini muhokama qilish.
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallarni va adabiyotlarni o’rganish.
5.4. A gepatitga chalingan bemorlarning epidemiologik ahamiyati, profilaktikasi.
6. Talabalar mustaqil ishi:
A gepatitga qarshi yillik joriy reja tuzishni o’rganish.


Axborot uchun ma’lumot

A gepatiti - antroponoz, fekal-oral mexanizm bilan yuqadigan, keng tarqalgan virusli kasallikdir.


Etiologiyasi. A gepatit virusi (AGV) o’z xususiyatlariga ko’ra enteroviruslar turiga (enterovirus 72), pikornaviruslar oilasiga mansubdir, diametri 27 nm. A gepatitning virusi antigenlik nuqtai nazaridan gomogen bo’lib, o’ziga xos yagona antigen saqlaydi. Bu antigen kuchli immunogenlik xususiyatiga ega.
Virusning yuqori harorat, kislotalar, efirlar, dezinfeksiyalovchi vositalarga chidamliligi uning tashqi muhitda uzoq muddat saqlanib qolishini ta’minlaydi. Ayniqsa past haroratda virus bir necha oy, hattoki yillab saqlanishi mumkin. Boshqa enteroviruslarga nisbatan xlor ta’siriga ham chidamli. Erkin xlor konsentratsiyasi 0,5-1,5 M1/l bo’lgan (rN 7,0) eritmada 1 soat mobaynida saqlash natijasida virusning to’liq zararsizlanishi kuzatilmaydi. Bu holat suv tozalash inshootlari to’siqlari orqali virusning vodoprovod tarmog’iga tushib qolishini ta’minlaydi. A gepatit virusi inson uchun odatdan tashqari yuqori patogenlik xususiyatiga ega. Kasallikni yuqtirish, keltirib chiqarish uchun kam miqdordagi viruslar kifoyadir.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling