O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Bakteriologik tekshirish tartibi


Download 1.27 Mb.
bet99/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Bakteriologik tekshirish tartibi:
- oziq-ovqat sanoati xodimlari va unga tenglashtirilganlar uchun najas 3 marta, safroning V va S porsiyalari esa bir marta tekshiriladi.
2. Vabo kasalligini (vibrion tashuvchilikni) boshidan o’tkazgan bemor kasallik tarixidan ko’chirmani shifoxonaning bosh vrachi bemor yashash joyidagi hududiy davolash muassasasi (shifoxona, poliklinika) mudiriga yuboradi.
3. Kasallik tarixidan ko’chirmada quyidagilar ko’rsatiladi:
- asosiy va qo’shimcha kasalliklarning klinik (degidratatsiya darajasini ko’rsatish bilan) va bakteriologik tekshirish diagnozi;
- olib borilgan davolash ko’rsatkichlari, bemorni shifoxonadan chiqarishdan oldin bajarilgan barcha tekshirishlar natijalari;
- bemorning shifoxonadan chiqarish vaqtidagi klinik xarakteristikasi va dispanser nazorati zarurligi to’g’risida ko’rsatma.


Vabo kasalligini yoki vibrion tashuvchilikni boshidan o’tkazgan shaxslarga nisbatan ko’riladigan chora-tadbirlar

1. Vabo kasalligini yoki vibrion tashuvchilikni boshidan o’tkazgan shaxslar shifoxonadan chiqarilgandan so’ng kasbidan qatiy nazar birdaniga ishga chiqishga ruxsat beriladi va yashash joyidagi poliklinika yuqumli kasalliklar kabineti hamda Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazlarida ro’yxatda turadilar. Ularning har biriga karta tuziladi (f №30a) va uch oy davomida dispanser nazorati o’rnatiladi.


2. Dispanser nazorati yuqumli kasalliklar kabineti tomonidan olib boriladi. Kabinet yo’q bo’lgan hollarda, nazorat terapevtik (pediatrik) bo’lim mudiri kuzatuvi ostida uchastka vrachi (terapevt, pediatr) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Birinchi oyda najasni bakteriologik tekshirish 10 kunda bir martadan olib boriladi. Keyinchalik najas bir oyda bir martadan tekshiriladi. Najasni birinchi marta tekshirishga olish katta yoshdagilar uchun 30 gr., bolalarga yoshiga qarab, surgidori (magneziy sulfat) berilgandan so’ng amalga oshiriladi.
4. Rekonvalessentlar orasida vibrion tashuvchilik aniqlansa, ularni davolash uchun vabo shifoxonalariga gospitalizatsiya qilinadi va shundan so’ng ular ustidan dispanser nazorati qaytadan tiklanadi.
5. Vabo kasalligini yoki vibrion tashuvchilikni boshidan o’tkazgan shaxslar to’liq sog’ayib ketganlaridan so’ng hamda dispanser nazorati davomida vabo vibrioni ajratilishi yuz bermagandagina dispanser hisobidan o’chiriladilar. Ro’yxatdan o’chirish poliklinika bosh vrachi, infeksionist va epidemiolog ishtirokida amalga oshiriladi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling