O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


MAVZU 14. VABONING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI


Download 1.27 Mb.
bet95/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

MAVZU 14. VABONING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI

Mashg’ulot maqsadi:


Vabo epidemik jarayonining rivojlanishi, respublikaga kirishining oldini olishda ko’riladigan chora-tadbirlarni talabalarga o’rgatish.
Darsning davomiyligi: 4 soat.
O’tish joyi: epidemiologiya kafedrasi. Ushbu mavzu yuzasidan talabalar quyidagilarni bilishi kerak.
1. Vabo epidemik jarayonining rivojlanish mexanizmi.
2. Vaboning respublika hududida tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar.
3. Chora-tadbirlarning samaradorligini aniqlash.
Talaba bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
- vabo epidemik jarayonining rivojlanishini tahlil qila bilish;
- vabo bilan kasallangan bemorlarni aniqlay olish va yuqori tashkilotlarga axborot bera olish;
- SNP tuzilishida asosiy prinsiplarni bilish.
Mashg’ulot o’tkazish rejasi:
- kirish;
- vaboda epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi, vaboning dunyoda tarqalganligi;
- respublika hududini O’XYUK sanitariya muhofazasini tashkil etish;
- SNPlarni tashkil etish va ishlash prinsiplari.
Talabalarning mustaqil ishi:
- vabo aniqlanganda shoshilinch axborot yuborilishini o’rganish;
- ushbu mavzu bo’yicha buyruq, uslubiy qo’llanma va yo’riqnomalar bilan tanishish.
Mashg’ulotning jihozlanishi:
- tegishli jadvallar, sxemalar, rasmlar.
Adabiyotlar:
1. Belyakov V.D. Epidemiologiya. 1989 y.
2. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1999 y. 18.02. 96-sonli buyrug’i.
3. O’zbekiston Respublikasida vabo kasalligining sanitariya-epidemiologik nazorati haqidagi Nizom. Toshkent 1992 y.
4. Medinskiy G.M., Sergeev V.P. Epid.nadzor za xoleroy . 1989 y.
5. N.N.Jukov-Verejnikov, I.K.Musabaev va boshqalar. Vaboning klinikasi, davosi va profilaktikasi. Toshkent 1966 y.
6. M.K.Usmanov. Epidemiologiya. 1995 y.


Axborot uchun ma’lumot

Vabo o’ta xavfli yuqumli kasalliklar qatoriga kiruvchi o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, qo’zg’atuvchisi Vibrio avlodiga vibrionsae oilasiga kiradigan vibrio cholerae deb ataluvchi vibriondir. Yashirin davri 1-5 kun (ko’pincha 1-2 kun), kasallikning klinik ko’rinishi turlicha bo’lib, belgilarsiz kechuvchi vibrion tashuvchilikdan to, keskin suvsizlanish va hayotiy muhim organlar faoliyati buzilishi bilan ifodalanadigan og’ir holatlar bilan kechishi mumkin. Hozirga kelib vaboning 7 ta pandemiyasi qayd etilgan. JSST prognozi bo’yicha vaboning 8-chi pandemiyasi ham boshlangan. Shu jumladan O’zbekistonda ham endemik o’choqlar yuzaga keldi.


Vabo vibrioni odam organizmiga og’iz orqali, ifloslangan suv yoki oziq-ovqat mahsulotlari orqali kelib tushadi. Vabo kasalligi kechishining oxirgi darajasi, vibrion virulentligiga, organizmga tushgan miqdoriga va organizmning qo’zg’atuvchiga nisbatan moyilligiga bog’liqdir. Vibrionning yuqish miqdori yuqori bo’lib, me’daning barerlik faoliyatida bu ko’rsatkich 10 dan 100 milliardgacha mikrob soniga teng bo’lishi mumkin, me’da shirasi kislotalik ko’rsatkichining pasayib ketishi, me’da shirasi ishlab chiqarilishining bir xilda bo’lmasligi va kuchaygan peristaltika bilan kechuvchi oshqozon-ichak trakti kasalliklarida: spirtli ichimliklarni suistemol qilish natijasida, me’da rezeksiyasidan so’ng mikroblarning oshqozondan halokatga uchramasdan hayot faoliyati saqlangan holda ingichka ichakka o’tish ehtimolligi keskin ortadi. Bunday bemorlar uchun vibrion yuqish dozasi yuz ming martabagacha kamayadi va bir million mikrob soniga yaqin bo’ladi. Bunday shaxslar boshqalarga nisbatan vabo bilan ko’proq kasallanishadi va ularda kasallik og’irroq o’tadi.
Ingichka ichak distal bo’limiga tushgan vibrionlar shilliq qavatga yopishib olib (adgeziya) tezda ko’payishadi va ko’p miqdorda vabo toksini hosil qiladi. Vabo enterotoksini (xolerogen) organizmning suvsizlanish - degidratatsiyasi va elektrolitlar balansi buzilishiga olib keluvchi o’tkir diareya rivojlanishiga sabab bo’ladi. Epidemik zonalardan tashqaridagi ayrim mamlakatlarda ikkilamchi o’choqlarning shakllanishi El-Tor vibrionining klassik vabo qo’zg’atuvchisidan farq qilib, faqat tropik mamlakatlardagina emas, Shu bilan birga subkontinental va kontinental iqlim sharoitida ham tashqi muhit ob’ektlarida uzoq vaqt saqlana olishi va tez ko’paya olish xususiyati bilan tuShuntiriladi.
Hozirgi zamon mualliflari Hindiston va Pokistonda El-Tor vabosi tarqalishiga bu yerdagi har xil suv havzalarining zararsizlantirilmasligi xavfsiz suv manbalaridan olinuvchi suv bilan ta’minlanganligini sabab deb, Gromashevskiyning o’z - vaqtida «vabo vibrionlari iflos suvlardan foydalanganda yuqadi» - deb aytgan fikrini tasdiqlashmoqda. Vaboning epidemiologik xususiyati ko’p tomondan qo’zg’atuvchining o’zgaruvchanligi va ekologiyaga asoslangan.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling