O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Kasallikning yuqish yo’llariga qarshi o’tkaziladigan
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan o’tkaziladigan chora-tadbirlar.
- Ichburug’ kasalligining profilaktikasi
Kasallikning yuqish yo’llariga qarshi o’tkaziladigan
chora-tadbirlar Agar bemor uyda qoldirilsa, u holda davolash mobaynida kichik tibbiyot xodimlari tomonidan kundalik dezinfeksiya ishlari o’tkaziladi. Ovqatdan tozalangan idish-tovoqlar dezinfeksiya maqsadida 0,5% soda eritmasida 15 minut qaynatiladi yoki 0,5% xloramin eritmasida 10 minut ushlab turiladi, 150 g. xloraminga 10 l suv to’g’ri kelishi kerak. Qoldiq ovqat esa 15 minut qaynatilib so’ng chelakka tashlanadi. Ust-bosh kiyimlar va yotishga ishlatiladigan choyshablar 0,5% soda eritmasi qo’llanib 15 minut qaynatiladi yoki 0,5% xloramin eritmasi bilan 30 minut ushlab turgandan so’ng qaynatiladi va quritiladi. Plastmassa, yog’och, rezinadan tayyorlangan o’yinchoqlar 0,5% xloramin eritmasida 30 minut mobaynida ushlab turiladi, matodan tayyorlangan o’yinchoqlar 0,5% xloramin eritmasi bilan artiladi. Uydagi pollar ham Shu eritma bilan artiladi. O’tirg’ich-gorshok, taglik - sudno, unitazlar 0,5% xloramin eritmasi bilan artiladi, 30 minut ushlanadi. Pashshalarga qarshi chora-tadbirlar uchun uydagi barcha eshik va derazalarga to’r o’rnatiladi. Bemor uchun ishlatiladigan grelka, termometrlar ham 0,5% xloramin bilan artiladi. Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan o’tkaziladigan chora-tadbirlar. Bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar 7 kun davomida tibbiy nazorat ostida bo’ladilar. Shu maqsadda poliklinikaning tibbiyot xodimlari tomonidan maktablarda, bog’chalarda bolalarni tibbiy nazoratga olinadi (tana harorati, najas tekshiriladi va yo’g’on ichak palpatsiya qilinadi). Kasallanish avj olgan hollarda kasallikni oldini olish maqsadida bakteriofaglar beriladi. Bolalarga 3 yoshgacha 1 tabletka, 3 yoshdan yuqori va katta yoshdagi bolalarga 2 tabletka har 3 kunda beriladi. Ichburug’ kasalligining profilaktikasi DSENM talablariga ko’ra kasallik o’chog’ida sanitar-profilaktik chora-tadbirlar o’tkaziladi. Suv manbalari, suv havzalari, quduqlarni yaxshilash, hojatxonalarni tozalash, pashshalarni yo’q qilish hamda sanitar oqartuv ishlarini olib borish. Muayyan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ayrim hollarda, aholining ba’zi ijtimoiy-kasbiy guruhlari o’rtasida fagoprofilaktika o’tkaziladi. Bunda avvalo mazkur bakteriofagning ajratilayotgan shigellalarni lizis qilish xususiyati o’rganilishi va inobatga olinishi zarur. 1. Profilaktika maqsadida maktabgacha bo’lgan bolalar, bog’chagacha bo’lgan bolalar, maktabgacha bolalar ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar, oziq-ovqat do’konlaridagi sotuvchilar, suv inshootlarida ishlovchilarga hamda somatik shifoxonalarda bemorlarga 5 kun mobaynida 1 tadan tabletka bakteriofag beriladi. 2. O’choqda epidemiologik ko’rsatmaga qarab maktabgacha bo’lgan bolalar muassasalarida profilaktika maqsadida 3 kun ketma-ket sistemali ravishda fagoprofilaktika o’tkaziladi. 3. Yotoqxonalarda, ovqatlanish korxonalarida kasallikning oldini olish maqsadida 3 kun fagoprofilaktika o’tkaziladi. 4. Ichak o’tkir kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga 2 martadan davolash maqsadida 5 kun bakteriofag beriladi. Sog’lom 6 oydan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 tabletka, 3 yoshdan yuqori va katta yoshdagilarga 2 tabletka, 8 yoshdagilarga 2-4 tabletka. Davolanib bo’lgan bolalar, bolalar muassasalarida va ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlarga 5 kun davomida fagoprofilaktika o’tkaziladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling