O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Vibrion tashuvchilarni aniqlash


Download 1.27 Mb.
bet97/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Vibrion tashuvchilarni aniqlash

1. Aholini navbatdagi tekshirish vaqtida, vibrion tashuvchilikka tekshirilishi lozim bo’lgan aholi guruhlari sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan aniqlanadi va tibbiy shtab tomonidan tasdiqlanadi.


2. Vabo o’choqlarida alohida joylashtirilganligi yoki tibbiy nazorat uchun uyda qoldirilganligidan qat’iy nazar, vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda bo’lganlar, Shuningdek ular bilan kasal yuqtirish xavfi jihatidan bir xil sharoitda bo’lganlar albatta vibrion tashuvchilikka tekshirilishi lozim.
3. Tibbiy shtab qaroriga binoan ma’lum bir kasbiy guruhlarga mansub bo’lgan kishilar bir marotaba tekshiruvdan o’tkazilishi mumkin.
4. O’choq doirasida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan aholining vabo qo’zg’atuvchisiga bakteriologik tekshirilishi lozim bo’lgan kasbiy guruhlari aniqlanadi.
5. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan kontingentlarni bakteriologik tekshirish va buni tashkil qilish epidemiyaga qarshi kurashish hamda laboratoriya xizmati xodimlari zimmasiga yuklatiladi.


Vabo o’chog’ini cheklash va bartaraf qilish

Vaboning epidemik o’chog’i dastlabki bemor yoki vibrion tashuvchi aniqlanishi bilan favqulodda epidemiyaga qarshi komissiyaning (FEKK) ko’rsatmasiga asosan viloyat, shahar yoki tuman hokimligining qaroriga binoan e’lon qilinadi.


1.Vabo bilan kasallangan bemor yoki vibrion tashuvchi aniqlangan uylar yoki binolar guruhi, aholi yashash punktlarining bir qismi yoki butunlay to’liq aholi yashash punkti vaboning o’chog’i deb hisoblanadi.
2. Infeksiyaning yuqtirish omillari va tarqalish yo’llari hisobga olingan holda, epidemiologik tekshirish natijalari asosida vabo o’chog’i chegaralari aniqlanadi.
3. Vabo o’chog’ida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o’tkazish ustidan umumiy rahbarlik va nazorat qilish viloyat, shahar yoki tuman FEKK tomonidan amalga oshiriladi.
4. FEKK tibbiy shtabi barcha xizmatlar xodimlari orqali bevosita vaboga qarshi chora-tadbirlar majmuasini tashkil etadi.
5. O’choqni cheklash va bartaraf qilish ishlari epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar operativ ish rejasi asosida olib boriladi.
6. Operativ reja ma’muriy hudud tibbiy xizmati tomonidan, manfaatdor tashkilotlar, korxonalar, muassasalar ishtirokida ishlab chiqiladi va davolash, epidemiyaga qarshi kurashish, profilaktik, laboratoriya, ma’muriy-xo’jalik, shuningdek o’choqni tugatishga qaratilgan boshqa xizmatlar faoliyatini ta’minlashning aniq chora-tadbirlarini ko’zda tutadi. Shu jumladan:
- maslahatchilar (konsultant) guruhini aniqlash;
- zaruriy asbob-uskuna (jihoz) bilan ta’minlash tartibi va hisobi;
- epidemiologik vaziyat to’g’risida ma’lumot berish tartibi;
- yakka-yakka yoki ommaviy kasallanish yuz bergan holatlarda gospital va laboratoriya bazalari imkoniyatini aniqlash hamda ularni tashkil qilishning tartibi va ta’minoti;
- qo’shimcha transport ajratish va aloqa vositalari bilan ta’minlash;
- bemorlarni aniqlash va gospitalizatsiya qilish;
- muloqotda bo’lganlarni alohidalash;
- o’choqda dezinfeksiya ishlarini bajarish;
- FEKK (favqulotda epidemiyaga qarshi komissiya) ishini takomillashtirish;
- o’choqni epidemiologik tekshirish;
- o’lganlarni qidirib topish va ularni ko’mish;
- karantin chora-tadbirlar;
- bemorlarni davolash;
- muloqotda bo’lganlarga nisbatan shoshilinch profilaktika o’tkazish;
- yakuniy dezinfeksiya;
- sanitariya maorifi ishlari;
- dispanser nazorati;
- maxsus laboratoriyalar tashkil qilish;
- harakatdagi (ko’chma) epidemiologik guruhlar tuzish;



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling