O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


A gepatitga qarshi o’choqdagi va profilaktik tadbirlar


Download 1.27 Mb.
bet107/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

A gepatitga qarshi o’choqdagi va profilaktik tadbirlar


A gepatitida asosiy epidemiyaga qarshi tadbirlar klinik-diagnostik, ajratish, tartib - cheklash, sanitar-gigiyenik, dezinfeksion va dezinseksion tadbirlar hisoblanadi.
Shoshilinch xabarnoma (058/x) olingach epidemik o’choq chegarasini, infeksiya manbaini, yuqish yo’llari, omillarini va kasallik paydo bo’lishiga ko’maklashgan shart-sharoitlarni aniqlash maqsadida o’choqda epidemiologik tekshiruv o’tkaziladi. Bemor bilan yashirin davr oxirlaridan shifoxonaga yotqizilgunicha muloqotda bo’lganlar aniqlanadi va ular ustidan 35 kun davomida tibbiy kuzatuv yo’lga qo’yiladi. Tibbiy kuzatuvda termometriya, teri va shilliq qavatlarni ko’rish, najas va siydik rangidagi o’zgarishlarni so’rash, jigarni palpasiya qilish tegishli uchastka tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu vaqt mobaynida bemor qayd etilgan uyushgan bolalar jamoalarida (bog’cha, yasli, boshlang’ich sinflar) ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, o’yinlar cheklanadi. Guruhga yangi bolalar qabul qilinmaydi yoki bu guruhdan boshqa joyga bolalar o’tkazilmaydi. O’choqda sanitar-gigiyenik, dezinfeksion, dezinseksion ishlar amalga oshiriladi. Shuningdek muayyan vaziyatlardan kelib chiqqan holda muloqotdagilarda gammaglobulinoprofilaktika o’tkazish, zardob fermentlarini (ALT, AST), A gepatitga nisbatan immunitet holatini (anti - AGV Ig M va anti - AGV Ig G) aniqlash tavsiya etilishi mumkin.
Epidemiologik nazorat. A gepatitda epidemiologik nazorat ogohlantiruvchi tabiatga ega bo’lib, maqsadi-aholining ushbu infeksiya bilan kasallanishini kamaytirishdan iboratdir hamda quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Retrospektiv epidemiologik tahlil - xavfli omillarni (xavfli vaqt, hudud va guruhlarni) aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Retrospektiv tahlil natijalari asosida muammoviy-mavzuiy rejalashtirish va istiqbolni bilish (prognozlash) amalga oshiriladi.
2. Operativ epidemiologik tahlil quyidagilardan iborat:
- rejalashtirilgan tadbirlar bajarilishining nazorati;
- kasallanish holatini kuzatib borish, tahlil etish va prognostik daraja bilan qiyoslash;
- epidemik jarayon rivojlanishi faollaShuviga sabab bo’luvchi ijtimoiy va tabiiy hodisalarni hamda epidemiologik ahamiyatli ob’ektlar holatini dinamik baholash.
Sanitar-gigiyenik fon, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi holat, suv sifati, aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash uzluksiz kuzatib boriladi. Operativ nazorat va baholashda epidemiologlar, tegishli gigiyenist mutaxassislar ishtirok etishadi.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling