O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


HVsAg (yadroviy antigen) faqatgina gepatotsitlarda topiladi, u qonda aniqlanmaydi. HVsAg


Download 1.27 Mb.
bet109/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

HVsAg (yadroviy antigen) faqatgina gepatotsitlarda topiladi, u qonda aniqlanmaydi.
HVsAg ga nisbatan antitelolar (anti-HVs) odatda kasallikning klinik alomatlari paydo bo’lishi bilan aniqlanadi. Infeksiya yuqqan kishi organizmida eng avvalo HVsAg ning IgM sinfiga mansub antitelolar (anti-HVs IgM) paydo bo’ladi va virusning faol replikatsiyasining o’tkir bosqichida anti-HVs IgM ning yuqori titrda aniqlanishi, ushbu markerning o’tkir V gepatit diagnostikasidagi beqiyos o’rnini belgilaydi. Keyinroq uning o’rniga HVsAg_ning_IgG'>HVsAg ning IgG sinfiga mansub antitelola-ri (anti-HVs IgG) paydo bo’ladi va ular infeksiyaning o’tkir yoki surunkali shakllarida ham, rekonvalestsentlarda ham aniqlanadi, og’rib o’tganlarda umrbod saqlanib qoladi.
HVeAg (yuqumlilik antigeni) - eruvchan antigen, yadroviy antigen hosilasi hisoblanadi, lekin undan antigen strukturasi bo’yicha farq qiladi. O’tkir infeksiyada HVeAg NV sAg dan keyin paydo bo’lib, anti HVsAg cirkulyaciyasi oldidan yo’qoladi. Organizmda uning replikaciyasi davom etayotganligidan dalolat beradi hamda infeksiya manbaining atrofdagilarga xavflilik (yuqumlilik) darajasi HVeAg mavjudligi va uning miqdori bilan korrelyatsiya qilinadi. HVeAg ga nisbatan antitelolar (anti- HVe) organizmdan HVeAg yo’qolgach paydo bo’lib, uzoq muddat saqlanib qoladi.
HVxAg virus oqsillari sintezi regulyatori hisoblanib, gepatokarsinoma rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Qon zardobida V gepatit virusi replikatsiyasining eng ishonchli ko’rsatkichidir. U infeksiyaning o’tkir shaklida ham, surunkali shaklla-rida ham aniqlanishi mumkin. Ayniqsa, surunkali HVeAg musbat kishilar qoni zardobida DNK yuqori konsentratsiyada bo’ladi. Anti HVe paydo bo’lishi arafasida yoki u paydo bo’lishi bilanoq DNK aniqlanmaydi.
HVxAg ning 6 oydan oshiq persistensiyasi bemorda surunkali tashuvchilik holati shakllanganligini ko’rsatadi.
Infeksiya manbai. V gepatit - tipik antroponoz kasallikdir. Infeksiya manbai bo’lib infeksion jarayonning turli ko’rinishlarini boshidan kechirayotgan kishilar, ya’ni o’tkir va surunkali V gepatit bemorlari, surunkali virus "tashuvchilari" asosiy infeksiya manbai bo’lib, ularning epidemiologik ahamiyati (xavfi) oxirigacha saqlanib qoladi. O’tkir V gepatitdan keyingi surunkali infeksiya chaqaloqlarda 70-90%, 1-5 yoshli bolalarda 25-50% va katta yoshlilarda 6-10% holda kuzatiladi. Surunkali shaklga o’tish yoshga, jinsga, immunogenetik xususiyatlarga va immunitet holatiga bog’liqdir. Kichik yoshda, erkaklarda va turli immunodefitsit hollarda surunkali infeksiya shakllanish ehtimolligi yuqori.
O’tkir V gepatitda kasallik yuqtirilganidan bir necha hafta o’tgach qonda HVsAg sirkulyatsiya qila boshlashi virusning jigar hujayralarida replikatsiyasi boshlanganligidan dalolat beradi. Shu paytdan boshlab kishi infeksiya manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu jarayon qondagi biokimyoviy o’zgarishlar va klinik alomatlar paydo bo’lishidan ancha burun (odatda 2-8 hafta burun) boshlanadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling