O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet120/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Epidemiologiyasi

Difteriyada kasallik manbai bo’lib bemor odam, rekonvalestsept va sog’lom bakteriya tashuvchi hisoblanadi. Asosan bemor odam kasallik manbai hisoblanadi, chunki ular ko’p miqdorda infeksiya qo’zg’atuvchilarini tarqatadilar. Engil kechadigan va payqamas shakllarda bemorlar ham xavfli infeksiya manbai hisoblanadilar, chunki ular ko’pincha kechikib vrachga murojaat qiladilar, natijada shifoxonaga kechikib yotqiziladilar. Sog’ayib ketuvchilar ko’pincha rekonvalestsensiya davrining dastlabki 2 haftasida difteriya tayoqchalaridan xoli bo’ladilar. Ba’zi hollarda sog’ayib ketuvchilarning bakteriyani ajratishlari 90 va undan ortiq kungacha davom etishi mumkin. Tomoqdagi, burun-xalqumdagi surunkali yallig’lanish jarayonlari, shuningdek organizmning mahalliy va umumiy qarshiligini susaytiruvchi umumiy surunkali va o’tkir xastaliklar uzoq muddatli bakteriya tashuvchilikka sabab bo’ladi. Tashuvchilik holati kasallanish darajasiga bog’liq. Toksigenli shtammlar tashuvchilarini aniqlash ko’proq epidemiologik ahamiyatga ega. Kasallikni boshdan kechirganlarda va emlanganlarda 10-15 kungacha davom etadigan sog’lom tashuvchanlik kuzatilishi mumkin. Kasallikdan so’ng antimikrob va antitoksik immunitet qoladi. Bemorning va rekonvalestsentning qonida agglyutinin va antitoksinlar aniqlanadi. 1912 yilda venalik pediatr Shik antitoksik immunitetni aniqlash uchun teri ichi sinamasini taklif qildi. Shuning uchun ham bu sinama SHIK reaksiyasi deb ataladi. Hozirgi davrda immunitet mavjudligi RPGA yordamida aniqlanadi.


Difteriyada qo’zg’atuvchining yuqish mexanizmi asosan havo-tomchi yo’li bilan, kam hollarda esa chang, bemor yoki bakteriya tashuvchi foydalangan o’yinchoqlar, shuningdek oziq-ovqatlar orqali ham yuqishi mumkin. Emlashgacha bo’lgan davrda asosiy kasallanish 1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lib, bu barcha kasalliklarning 80% ni tashkil qilar edi. Amaliyotga difteriya anatoksini bilan emlash joriy etilgandan so’ng esa, kasallanish kamayishi bilan bir qatorda uning katta yoshdagilar o’rtasida yuzaga kelishi ko’paydi. Difteriyaga mavsumiylik xos bo’lib, yoz oylarida bemorlar soni oshib boradi va eng ko’pi sentabr-dekabr oylarida, eng kam bemorlar soni esa aprel-avgust oylarida kuzatiladi.
Difteriya bilan kasallanish mavsumiy o’zgarib turishini bolalarning hayot tarzlari o’zgarishi bilan tushuntirish mumkin. Yoz oyida va kuz oyining boshlarida ko’chalarda, hovlilarda bolalarning o’zaro muloqoti ko’payadi bundan tashqari bolalarning oromgohlarga jo’nashlari tufayli bolalar yangi jamoalari tashkil qilinadi. Kuzda maktab jamoalari qayta tiklanadi. O’quv yilining boshlanishi bilanoq difteriya bilan kasallanishning o’sishi o’z navbatida kasallik tarqalishida maktablarning ahamiyatini ko’rsatadi. Maktab bolalari ko’pincha kasallikning yengil turi bilan og’riydilar. Infeksiya esa maktablarga bemorlar va tashuvchilar orqali keltiriladi. 1922 yilda Roman (Fransiya) tomonidan kashf qilingan difteriya anatoksini difteriyaga qarshi muvaffaqiyat bilan kurashishga umid baxsh etdi. Haqiqatdan ham emlashlar natijasida bolalar o’rtasidagi kasallanish kamayib bordi. Urushdan keyingi yillarda sobiq SSSR difteriya anatoksini bilan ommaviy emlashlar natijasida kasallanish inqilobgacha bo’lgan davrga qaraganda 5-6 marta kamaygan. Undan keyingi davrlarda difteriyaga qarshi rejali emlash natijasida bu kasallik keskin kamaytirildi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling