O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


b) Yuqish mexanizmiga nisbatan chora-tadbirlar


Download 1.27 Mb.
bet122/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

b) Yuqish mexanizmiga nisbatan chora-tadbirlar. O’choqda va shifoxonada kundalik va yakuniy dezinfeksiya o’tkaziladi. Yakuniy dezinfeksiyada kamerali usul qo’llaniladi. Uni shahar dezinfeksiya stansiyasi yoki tuman DSENMning dezinfeksiya bo’limi o’tkazadi. Bemor turgan xona, undagi barcha predmetlar 0,5%li xloramin eritmasi bilan zararsizlantiriladi va sovunli issiq suv bilan yuviladi. Mebellar yumshoq vetosh bilan tozaladi. Idishlarni zararsizlantirish uchun sovun-sodali (1% sovun, 1% soda) solib qaynatiladi. Yoki 1%li xloramin eritmasiga 1 soatga solib qo’yiladi. Bemor va uning atrofidagilarning kiyimlari va choyshablarini dezinfeksiya kameralariga yuboriladi.
Difteriyaning bitta o’chog’iga yakunlovchi dezinfeksiya uchun sarflanadigan dezinfeksiyali eritmalar miqdori: xloramin 5-130g., dixlorizotsianur kislotaning natriyli yoki kaliyli tuzi - 30 gr., sulfoxloratin - 30gr., nitral-390 gr., xlorlizin -130 gr. Bino va uning ichidagi anjomlarni zararsizlantirish uchun shulardan birortasi qo’llaniladi.
v) Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar (bunda bemorning yashash joyi, o’qish va ish joyidagi barcha muloqotda bo’luvchilar e’tiborga olinadi).
Muloqotda bo’lganlar bir marta bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Bemor yoki tashuvchi ajratib qo’yilgandan so’ng atrofidagilarga 7 kun davomida har kuni termometriya va vrach ko’rigi o’tkazib turiladi, surunkali tonzilitga chalingan odamlarni kasallik qo’zg’alish davrida 3 kunda bir marta otolaringolog vrach ko’rigidan o’tkazish kerak.
Difteriyaga chalingan bemor yoki toksigen korinobakteriyasi tashuvchilik hodisasi aniqlanganda bemor yoki tashuvchining yashash joyi, yotoqxonalar va boshqa o’smirlar muassasalari, ish joyi kabilar bilan aloqa o’rnatish kerak. Shuningdek qarindosh-urug’lari, do’stlari ham hisobga olinishi kerak. O’choqdagi muloqotda bo’lganlarni aniqlashda mahalliy tibbiyot xodimlari va rahbariyat ham ishtirok etadi. Bemor bilan muloqotda bo’lganlar (guruh, sinf, uy, yotoqxona va o’sha joydagilar) LOR kasalligi bo’lganlar bir marta bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Bu ishlarni bir hafta ichida tugatish kerak. Agar birinchi tekshiruvdan (bakteriologik) keyin tashuvchilar aniqlansa, tekshirish davom ettiriladi. Bakteriologik tekshiruv otolaringolog vrach ko’rigi bilan birga bo’lishi kerak. LOR organlari surunkali kasalligiga chalingan bemorlardan olingan burun, tomoq surtmalarni tekshirishga alohida e’tibor berish kerak.
Terisida zararlanishlar (furunkul, piodermiya, panaritsiy) bo’lganlar ham bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Barcha bakteriologik, serologik va boshqa tekshiruvlar natijalariga asoslanib o’choq chegaralari aniqlanadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling