O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
MAVZU 19. MENINGOKOKKLI INFEKSIYALARNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot uchun ma’lumot
MAVZU 19. MENINGOKOKKLI INFEKSIYALARNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi: Meningokokkli infeksiyalarda epidemik jarayon rivojlanish mexanizmini va namoyon bo’lishini tahlil qilish asosida epidemiologik nazoratni tashkil etish. 2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt: Amaliy mashg’ulot - 6 soat, mustaqil ish - 2 soat. 3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 3.1. kasallikning umumiy tavsifi, tavsifiy ahamiyati va aholining kasallanish darajasi; 3.2. odamlarning kasallikka va bakteriya tashuvchilikka moyilligi; 3.3. meningokokkli infeksiyalar epidemiologiyasiga taalluqli savollarni muhokama qilish; 3.4. infeksiya tarqalishida surunkali tashuvchilarning roli; 3.5. kasallikning epidemik avj olish xususiyatlarini o’rganish. 4. Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar: 4.1. epidemik jarayon omillari va rivojlanish mexanizmi; 4.2. epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimi; 4.3. epidemiologik diagnoz va uning o’ziga xos xususiyatlari; 4.4. epidemiologik nazoratni tashkil etish. 5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar: 5.1. epidemik jarayonning omillarini tahlil qila bilishi; 5.2. epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini tahlil qilishi; 5.3. epidemik jarayonni yuzaga chiqaruvchi omillarni va shart-sharoitlarni ocha bilishi. 6. Talabalarning mustaqil ishi. 6.1. operativ epidemiologik tahlil bilan tanishish; 6.2. meningokokkli infeksiyalar profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan tanishish; 6.3. buyruq va uslubiy qo’llanmalar bilan tanishish; 6.4. masalalarni yechish. Axborot uchun ma’lumot Meningokokkli yoki epidemik serebrospinal meningit havo-tomchi yo’li bilan yuqib, miya yumshoq qavatlarining yiringli yallig’lanishi bilan kechadigan o’tkir yuqumli kasallikdir. Epidemik serebrospinal meningitning qo’zg’atuvchisi bo’lib meningokokk (Neisseria meningitidis), ya’ni gramm manfiy diplokokk hisoblanadi. Meningokokk tashqi muhitga chidamlidir. U bemor ajratmalari bilan ifloslangan buyumlarda bir necha soat ichida, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida esa bir necha daqiqada nobud bo’ladi. 56°S haroratda 5-10 daqiqada halok bo’ladi. Meningokokkning A, V, S va D serologik turlari farqlanadi. Bizda asosan A va V tipi ko’proq uchraydi. Meningokokklar odam organizmiga yuqori nafas yo’llari orqali tushadi va burun-halqum shilliq qavatining yuza qatlamlarida rivojlanadi. Bu esa burun-halqumning kataral yallig’lanishi bilan kechadi (nazofaringit). U yerda meningokokklar qonga o’tib, natijada meningokokksemiya yuzaga keladi. Qon orqali ular miyaning yumshoq qavatlariga cho’kib, u yerda o’tkir yiringli leptomeningit chaqiradi. Ko’proq artritlar, endokarditlar va ko’p sonli serroz qavatlarning shikastlanishi yuzaga kelishi mumkin. Meningokokk infeksiyaning quyidagi klinik ko’rinishlari mavjud: - o’tkir yiringli (ba’zan serozli) serebrospinal leptomeningit; - meningokokkli sepsis; - kataral nazofaringit; - belgisiz infeksiya. Belgisiz infeksiya va payqalmas shaklli turlari ko’proq (nazofaringit) uchraydi. Inkubatsion davri o’rtacha 2-3 kunga teng, ayrim hollarda esa bir necha soatdan 7 kungacha cho’zilishi mumkin. Kasallikdan keyin bir umrga immunitet paydo bo’ladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling