O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
Profilaktikasi: odamlar orasida quturishga qarshi chora-tadbirlar va profilaktika avvalo bu infeksiyaning hayvonlar o’rtasidagi profilaktikasidan iborat. Profilaktika maqsadida o’txo’r yovvoyi hayvonlar populyatsiyasini zichligini ularni yo’qotish yo’li bilan boshqariladi. Antropurgik tabiatli quturishning profilaktikasi va uni yo’qotish dasturi quyidagilardan iborat:
1) itlar va mushuklarni saqlash qoidalarini ishlab chiqish va unga amal qilish; 2) egasi bor itlarni ro’yxatdan o’tkazish va markirovka qilish (guvohnoma, birka, bog’ich); 3) barcha daydi va ro’yxatga olinmagan itlar, mushuklarni yo’qotish; 4) quturish bo’yicha noqulay hududlardagi mushuklar va qishloq xo’jalik hayvonlari o’rtasida profilaktik emlash o’tkazish; 5) 3 oylikdan yuqori barcha xizmatchi va uy itlarini har yili quturishga qarshi emlash; 6) uy hayvonlarini xalqaro miqyosida, Shuningdek, mamlakat ichkarisida tashilishi, olib o’tilishi ustidan nazorat o’tkazish; 7) hayvonlarda quturishning tez va samarali diagnozini ta’minlovchi laboratoriya xizmatining mavjudligi; 8) quturish ustidan epizootologo-epidemiologik nazoratni tashkil etish; 9) samarali antirabik vaksinaning yetarli zahirasi bo’lishi; 10) sanitariya maorif ishlarini faol olib borilishi. Odamlar o’rtasida quturishga nisbatan o’tkaziladigan asosiy chora - jarohatlanishning yoki so’lak tekkandan keyin emlashning davo kursini o’tkazishdan iborat. Emlash kursi jarohatlantiruvchi hayvon toifasiga qarab belgilanadi: A — laboratoriyada quturish diagnozi tasdiqlangan hayvonlar; V - quturish diagnozi klinik belgilar asosida veterinar tomonidan tasdiqlangan hayvonlar: S - noma’lum hayvonlar (qochib ketgan, o’ldirilgan, o’lgan va boshqalar); D - kuzatuv ostidagi ma’lum uy hayvonlari. A, V, S toifalarga mansub hayvonlardan jarohatlanganda emlashning to’liq kursi buyuriladi, Bunda kursning davomiyligi, miqdori, preparatlarning turi (KAV, KAV+AGG) tishlangan joyga, uning o’lchamiga, ko’pligiga, zararlangan kishining vazni, yoshiga bog’liq bo’ladi. D toifali hayvonlar jarohatlanganida shartli kurs buyuriladi va Shu hayvon ustidan 10 kunlik veterinar kuzatuvi amalga oshiriladi. Shartli kurs odatda kulturali antirabik vaksina bilan 2-4 martalik emlashdan iborat. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling