O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet134/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Epidemiologik nazorat: Epidemiologik nazoratning maqsadi jarohatlanganlarda kasallikning oldini olish va jarohatlanish xavfini kamaytirish hisoblanadi. Nazorat o’tkazishda birinchi navbatda veterinariya xizmati, ovchilar uyushmasi va boshqa tabiatni muhofaza qiluvchi yovvoyi hayvonlarni nazorat qiluvchilar ishtirok etadilar. Nazorat tizimiga sog’liqni saqlash organlari, xususan, sanitariya-epidemiologiya xizmati kiritiladi. Epidemiologik nazorat quyidagilarni ko’zda tutadi:
1) mahalliy o’txo’r yovvoyi hayvonlar soni haqida, ularni hududlar va yil fasllari bo’yicha taqsimlanishi haqida ma’lumotlar yig’ish, yovvoyi hayvonlar sonini o’zgarishini oldindan ko’ra bilish;
2) yovvoyi hayvonlar orasidagi epizootiya haqidagi ma’lumotlar -ularning murdalarini laboratoriyada tekshirtirish;
3) itlar va mushuklarni saqlash qoidalari haqidagi qonun talablarini bajarilishi;
4) uy hayvonlari orasidagi quturish hollari haqidagi ma’lumotlar, zararlangan hayvonlarning turi, veterinariya xizmati va boshqalar bilan o’zaro axborot almashinuvi;
5) jarohatlangan va so’lak tekkan odamlar murojaati dinamikasining hisobi. Jarohatlangan hayvon turi, jarohatlanish joyi va sharoitlari. Shikastlanish xarakteri.
6) Quturishga qarshi emlashni tashkil etish va o’tkazish ustidan nazorat.
MAVZU 22. QORA OQSOQ (BRUSELLEZ) NING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI

1. Mashg’ulotning maqsadi:


Brusellez etiologiyasi, epidemiologiyasi, profilaktikasi va epidemiologik nazoratini o’rganish.
2. O’qish joyi va vaqti:
4 soat amaliy mashgulot, 2 soat mustaqil ish.
Amaliy mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi.
Z.Talabalar quyidagilarni bilishi zarur:
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi, tasnifiy holati va epidemiologik ahamiyati.
3.2. Epizootik jarayon rivojlanish mexanizmi.
3.3. Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi va ko’rinishlari.
3.4. Kasallik profilaktikasini.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma:
4.1. Profilaktik tadbirlar samaradorligi va sifatini baholash.
4.2. Epidemiologik tahlil asosida kasallanishni va epidemik jarayon ko’rinishlarni tahlil etishni.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1.Kirish.
5.2. Mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish.
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish.
5.4. Brusellez epidemiologiyasi va profilaktikasini muhokama qilish.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
6.1. Brusellezga qarshi emlash rejasini tuzish

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling