O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


MAVZU 21. QUTURISHNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI


Download 1.27 Mb.
bet131/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

MAVZU 21. QUTURISHNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi:
Quturishning etiologiyasi, epidemiologiyasi, profilaktikasi va epidemiologik nazoratini o’rganish.
2.O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi.
3.Talabalar quyidagilarni bilishi zarur:
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi, tasnifiy holati va epidemiologik ahamiyatini.
3.2.Epizootik jarayon rivojlanish mexanizmini.
3.3.Tabiiy va antropurgik o’choqlarni.
3.4.Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi, omillari va ko’rinishlari.
3.4.Antirabik emlash kursini.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma;
4.1. Profilaktik tadbirlar samaradorligi va sifatini baholashni.
4.2.Epidemiologik diagnoz asosida kasallanishni va epidemik jarayon ko’rinishlarini tahlil etishni.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1.Kirish.
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish.
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish.
5.4. Shartli va to’liq antirabik emlash kursini, jarohat sodir qilgan hayvonlar toifasini muhokama qilish.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
Quturishga qarshi tuman sanitariya epidemiologiya nazorati markazining yillik ish rejasini tuzish.


Axborot uchun ma’lumot

Quturish zoonoz tabiatli, o’ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiruvchi, o’tkir virusli yuqumli kasallik bo’lib, qo’zg’atuvchining kontakt mexanizm orqali yuqishi, markaziy asab tizimining shikastlanishi va o’lim bilan xarakterlanadi.


Tarqalganligi: Quturish Avstraliya, Okean va Antraktidadan tashqari barcha kontinentlarda enzootik hisoblanadi. Ayrim Orol davlatlar (Buyuk Britaniya, Malta, Yangi Zelandiya, Yaponiya) hududiga kiritilayotgan itlar, mushuklar va boshqa hayvonlarga nisbatan qatiy kurashish tadbirlari tufayli quturishdan deyarli xolidir. Shuningdek, quturish Shimoldagi (Norvegiya, Shvetsiya) va Evropaning Janubidagi (Ispaniya, Portugaliya) qator mamlakatlarda uchramaydi.
Odamlar va hayvonlar o’rtasida quturish tarqalishi haqidagi ma’lumotlarning taqqoslanishi shuni ko’rsatadiki, hayvonlarda quturish hollarining o’rtacha yillik ko’rsatkichi Evropa va Janubiy Amerikada yuqoriroq va eng past Afrikada bo’lgani holda, odamlarning kasallanish ko’rsatkichi Osiyoda yuqoriroq va Shimoliy Amerikada eng kamdir. Hayvonlar kasallanishini yetarlicha hisobga olmaslikka asoslangan statistik kamchiliklardan tashqari, Osiyo va Afrikada itlar hamda boshqa uy hayvonlari odamlar uchun asosiy qo’zg’atuvchi manba bo’lib xizmat qiladi.
Etiologiyasi: Qo’zg’atuvchisi – Rabies virus - rabdoviruslar oilasi, Lissa viruslar turiga mansub. Genom - bir zanjirli RNK. Virion d-180nm. Virionlar 5ta tuzilmaviy oqsillar va RNKga bog’liq polimeraza tutadi. 2ta antigen komponentga ega: S va V, virus termolabil (60°S haroratda 5-10 minutda parchalanadi, qaynatilganda 2 minutda), lekin past haroratda chidamli. Dezinfeksiyalovchi eritmalar, ishqor va kislotalar ta’sirida tez inaktivatsiyalanadi. Fenol va yodga chidamli. "Yovvoyi" ("ko’cha") va "fiksatsiyalangan" quturish viruslari farqlanadi.
Yovvoyi virus odamlar va barcha issiq qonli hayvonlar uchun yuqori patogenlik xususiyati bilan ajralib turadi. Bosh miyaning ammon shoxi va o’rta miyada virusning ko’payishi tomirlarning shikastlanishiga olib keladi, neyronlar sitoplazmasida o’ziga xos polimorf (yumaloq, oval) kiritmalar - o’lchami 0,5-2.5 nm bo’lgan Babesh-Negri tanachalari hosil bo’ladi.
Fiksatsiyalangan virus o’zgargan yuqtirish sharoitlarida yovvoyi virusni adaptatsiya yo’li bilan Paster tomonidan olingan bo’lib, quyonlar uchun nopatogen, Babesh-Negri tanachalarini hosil qilmaydi, so’lak bilan ajralmaydi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling