O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet126/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Epidemiologayasi

Infeksiya manbai bo’lib bemor odam, tashuvchilar (kasallikni boshidan kechirganlar) va sog’lom bakteriya tashuvchi odamlar hisoblanadi.


Ko’pincha yuqish kasallikning payqalmas shaklidagi bemorlar va tashuvchilar orqali sodir bo’ladi. Eng xavfli yuqumli bo’lib, kasallanishning generallashgan shaklidagi bemorlar hisoblanadi, chunki ularning burun-halqumidan asosan kasallikning birinchi kunlarida juda ko’p meningokokklar ajraladi.
Kasallikning payqalmas shaklidagi bemorlar epidemiologik jihatdan o’ta xavfli hisoblanadilar, chunki gospitalizatsiya qilinmaganliklari sababli sog’lom odamlar bilan odatdagidek muloqotda bo’lib, ko’pchilikni zararlashi mumkin.
Epidemik serebrospinal meningitda ikkita toifadagi tashuvchilar bo’ladi: kasallikni boshdan o’tkazgan va sog’lom tashuvchilar.
Kasallikni boshdan o’tkazganlar sog’ayganlaridan so’ng dastlabki 2 hafta ichida atrofdagilar uchun xavfsiz bo’lib yuradilar, faqat 5% ga yaqinigina tashuvchi bo’lib qolishlari mumkin. Burun-halqum surunkali kasalligini boshdan o’tkazgan tashuvchilar infeksiya manbai sifatida katta ahamiyatga ega bo’lishlari mumkin.
Sog’lom tashuvchilik belgisiz meningokokk infeksiyaning natijasi bo’lib hisoblanadi. U hayot mobaynida birlamchi zararlanganda ham yuzaga chiqishi mumkin. Sog’lom tashuvchilarning soni bemorlar sonidan 4-10 marta, ba’zida esa undan ham ko’p bo’lishi mumkin. V.D.Belyakov, Yafaev(1989) ma’lumotlariga asosan 1 bemorga 18000 dan 50000 gacha tashuvchilar to’g’ri kelishi mukin. Ular ham infeksiya manbai sifatida epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga egadirlar. Sog’lom tashuvchilik odatda qisqa muddatli bo’ladi (1,5-2 haftagacha).
Epidemik serebrospinal meningit deyarli havo-tomchi yo’li orqali yuqib, yuqishning asosiy qismi esa bemorlar va tashuvchilar bilan yaqinda muloqotda bo’lganda yuzaga keladi. Epidemik serebrospinal meningitga odamlarning moyilligi unchalik katta emas. L.V.Gromashevskiy va G.M.Voyndraxning ko’rsatishlaricha meningokokk bilan zararlangan 100 nafar odamdan faqat bittasigina meningit bilan kasallanar ekan, 1-2 tasida esa meningokokksemiya rivojlanadi. 15-16 tasida nazofaringit belgilari kuzatiladi, qolganlari esa sog’lom tashuvchilar sifatida infeksiyani belgisiz o’tkazishar ekanlar.
Epidemik meningit asosan kichik yoshdagi bolalarda ko’proq uchraydi. Kattalarda esa ko’proq nazofaringit ko’rinishida uchraydi. Epidemik serebral meningit shaharlarda qishloq joylariga nisbatan ko’proq uchraydi. Meningit bilan kasallanish ko’proq yilning sovuq vaqtlarida uchraydi. Meningokokkli infeksiyaga ham davriy ko’tarilishlar xosdir. Ular tashuvchi payqalmas shakllarining keng tarqalganligi, shuningdek generallashgan shakllari bilan kasallanishlar oshib borishi bilan xarakterlanadi. Bunday ko’tarilishlar 8, 10, 15 va ba’zan 30 yil oralig’ida ham bo’lib turishi mumkin. Kasallik fevral - may oylarida ko’p uchraydi. Bunday bo’lishiga qish oylarida odamlarning bir joyga to’planishi natijasida tashuvchilik ko’payishi sababdir.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling