O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


g) Difteriyaga qarshi immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar


Download 1.27 Mb.
bet123/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

g) Difteriyaga qarshi immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Difteriya kasalligi tarqalishining oldini olish uchun muloqotda bo’lganlarning (bolalar, kattalar) hammasini emlash kerak. Bolalarni zudlik bilan emlash lozim (navbatdagi vaksinatsiya yoki revaksinatsiya vaqti kelmagan bo’lsa ham). 16 yoshgacha va undan kattalar oxirgi 10 yil ichida emlanganlar, emlashga tibbiy qarshiligi bo’lmaganlarning hammasi bir marta 0,5 ml miqdorda muskullar orasiga ADM yoki ADS-M anatoksini bilan emlanadilar. Qolgan muloqotda bo’lganlar (3-16 yoshdagilar) emlanmaganligini aniqlash uchun zardoblarini RNGA bilan tekshiriladi. Qon zardobida 0,08 (me)mldan kam anatoksin topilganlar yoki RNGA titri 1:40 dan kam bo’lganlar qayta emlanadilar.


Difteriyaning maxsus profilaktikasi

Difteriyaning asosiy profilaktika choralari bo’lib, difteriya anatoksini bilan emlash hisoblanadi. Hozirgi vaqtda shimdirilgan (adsorblangan) difteriya anatoksini ishlatiladi. Difteriyaga qarshi maxsus emlash ishlari O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan SanPiN 0132-02 sonli hujjati asosida olib boriladi.


Birinchi vaksinatsiya 2 oylik chaqaloqqa AKDS vaksinasi yordamida bir oylik oraliq bilan 3 marotaba qilinadi. Revaksinatsiya esa 16 oylikda AKDS vaksinasi bilan o’tkaziladi, 7 yoshda, 16 yoshda, 26 yoshda va 46 yoshlarda esa ADS-M anatoksini bilan qayta emlanadi.
Difteriya profilaktikasi samara berishi uchun kamida 90 % bolalarni emlash lozim bo’ladi. Bunga emlashlarni aniq rejalashtirish va bu rejalarning bajarilishi ustidan qat’iy nazorat qilib turish bilan erishish mumkin. Bolalar poliklinikalari emlash rejalarini tuzishda avval bolalarning nomma-nom ro’yxatini tuzib chiqadilar. Bular emlashlarni hisoblash kartasi (63-shakl) va bolaning rivojlanish tarixi kartalari bilan (112-shakl) yig’iladi. Bunda barcha bolalar ro’yxati olinadi. Chaqaloqlarning vaksinatsiya rejasi tug’ilganlik haqidagi ma’lumotlarga asosan tuzib chiqiladi. Inieksiya qilishdan oldin vrach bolaning emlashga qarshi ko’rsatmalarini aniqlash maqsadida uning sog’lig’ini ko’zdan kechirishi lozim. Shuni esda tutish lozimki, bu qarshi ko’rsatmalarning barchasi vaqtinchalikdir, shuning uchun bu qarshi ko’rsatmalar bartaraf qilinganidan keyingi emlangan bolani nazorat qilib turish juda muhimdir.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling