O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet24/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Axborot uchun ma’lumot
Yuqumli kasalliklarning oldini olish va epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar usuli.
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bu hozirgi zamon ilm-fanining rivojlanishiga asoslanib tuzilgan va yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni profilaktik tadbirlar deyiladi, epidemik o’choqni yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar esa epidemiyaga qarshi qaratilgan tadbirlar deyiladi.
Bunday aniqlash nisbiy bo’lib, haqiqatda esa barcha guruhdagi tadbirlar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan bo’ladi. Profilaktik chora-tadbirlar bu kelajakda yuqumli kasalliklarning faqatgina oldini olish bo’lmay, balki kasalliklarning kamayishini ham taqozo qiladi. Epidemiya o’chog’ida qo’llaniladigan chora-tadbirlar o’z ichiga profilaktik tadbirlarni ham oladi, chunki u yuqumli kasallik tarqalgan joyda yangi kasalliklarning oldini olishga qaratilgandir.
Turli mualliflar epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatini, uning tarkibiga, har bir qo’llaniladigan tadbirlarning yo’nalishiga va bo’lingan guruhlarga asosan qo’llaydilar.
Epidemiyaga qarshi kurashish xizmatining tarkibiga, ba’zida turli epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar tavsiya qilingani tufayli epidemiologik diagnostika yoki epidemiyaga qarshi kurashishni boshqarish ham epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatiga kiradi.
Shunday qilib, epidemiyaga qarshi qaratilgan diagnostik yo’nalishlar quyidagicha: sanitariya-epidemiologik kuzatishlar, epidemiologik tahlil (retrospektiv va operativ), epidemiya o’chog’ida olib boriladigan epidemiologik tekshirish, ularni boshqarish, epidemiyaga qarshi kurashishni tashkil qilish, chora-tadbirlarni rejalash, sanitariya va epidemiologiya muassasalari va mutaxassislarining ish sifatini aniqlash.
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning mazmuni, guruhi asosiy ahamiyatga ega. Epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan chora-tadbirlar epidemik jarayonning rivojlanishi uchun shart bo’lgan uchta omilga qaratilgan bo’lishi lozim (10-jadval).
10-jadval

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling