Tahlilning
asosiy yo’nalishi
|
Tahlilda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar va ularning ta’rifi
|
Tahlilning maqsadi
|
Kasallikning
turlarini va
kasallanish
darajasini
tahlil qilish
|
Kasallangan kishilar soni, kasallanish, o’lim, zararlanish darajalari, ko’rsatkichlari, kasallikning ko’p yillik tendensiyasi. Davr sharoiti o’zgarishi natijasida epidemik jarayonning aktivlanishi va kasalliklar tufayli sodir bo’ladigan iqtisodiy zararlar
|
Epidemik jarayonni
baholash va kasallikka qarshi kurashning
dolzarb chora-tadbirlarini belgilash
|
Kasallikning
ko’p yillik
dinamikasini
tahlil qilish
|
Kasallik ko’p yillik tendensiyasining yo’nalishi, o’rtacha ko’p yillik kasallanish darajasi, kasallik ko’p yillik tendensiyasi chizig’ining ishonchli chegaralarini sathi, ko’p yillik oralig’ida qaytarilib turadigan epidemiologik davrning (ciklning) uzoq yoki yaqinligi, Shu qaytarilib turadigan cikl chiziqlari amplitudalarining katta-kichikligiga qarab
aniqlanadi
|
Kasallikning ko’payishi, kamayishi yoki bir me’yorda turishi uchun sabab bo’ladigan omillar haqidagi farazning
to’g’ri yoki noto’g’ri
ekanligini isbotlash.
Tekshirilayotgan paytdagi kasallik darajasini, ko’p yillik o’rtacha kasallik darajasi bilan solishtirib ko’rish va ularning o’sish yoki kamayish tendensiyalarini solishtirish natijasida aniqlash
|
Kasallikning bir yillik dinamikasini tahlil qilish
|
Kasallikni yil bo’yi uchrash darajasi, mavsumiy epidemiyalarning boshlanish va tamom bo’lish paytlari mavsumiy epidemiologik ustama kasallikning miqdori, epidemik avj olish davridagi kasallik va uning sabablari haqidagi ma’lumotlar
|
Yil mobaynida kuzatilgan epidemik jarayonning
xususiyatlarini o’rganib, shunga asosan kasallikning sabablari haqidagi farazni asoslash
|
Kasallikning kelib chiqishi va tarqalishi uchun xavfli bo’lgan omillarni tahlil qilish
|
Aholining ma’lum guruhlari orasida kasallikning turlarini, tarqalish darajasini, tarqalish mavsumini ta’min qiluvchi xavfli omillar, aholi hayoti, yashashi va ijtimoiy faoliyatiga bog’liq bo’lgan tabiiy, ijtimoiy va maishiy sharoitlar
|
Kasallik kelib chiqishi va tarqalishi sababi haqidagi farazni tekshirib ko’rish, jamoaga kasallikning yuqish xavfini tug’diruvchi omillarni aniqlash va bu omillarning ta’sir qilish mexanizmini aniqlash, epidemiyaning etakchi (asosiy) tiplarini aniqlash
|