O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Epidemiologik tekshirishda quyidagi uslublardan foydalaniladi
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
Epidemiologik tekshirishda quyidagi uslublardan foydalaniladi:
a) Epidemiologik vaziyatni aniqlash, buning uchun ushbu kasallik haqida mavjud bo’lgan hujjatlar o’rganiladi (DSENM da mavjud bo’lgan hujjatlar - uy kartatekasi, bolalar muassasalaridagi yuqumli kasalliklar kartotekasi va yuqumli kasalliklar daftari). Bu hujjatlar asosida turar joyda yoki ish joyida (bolalar muassasasida) xuddi shu kasallik bilan ilgari kasallanish qayd qilinganligi yoki yo’qligi aniqlanadi. Epidemiologik tekshirishning keyingi bosqichi kasallangan kishidan so’rab ba’zi ma’lumotlarni to’plashdir. b) Kasallik o’chog’idagi kasallangan va sog’lom kishilarni so’rab chiqish. Ko’pincha bemorning ahvoli og’ir bo’lganda, yosh bo’lganda, kasallanib qolgan kishining qarindoshlaridan, qo’shnilaridan, xizmatdoshlaridan va ba’zi boshqa shaxslardan so’rashga to’g’ri keladi. Bu so’rashlar natijasida, tekshirilishi va so’ralishi lozim bo’lgan shaxslar, ko’zdan kechirilishi lozim bo’lgan ob’ektlar, laboratoriya tekshiruvlari hajmi, o’rganilishi kerak bo’lgan hujjatlar aniqlanadi. So’rash qanchalik puxta bo’lmasin, u kasallik o’chog’ini ko’zdan kechirishning o’rnini bosa olmaydi. v) Kasallik o’chog’ini va atrof-muhitni ko’zdan kechirish. Tekshirilish o’tkazilayotgan kasallikka ko’ra turli xil ob’ektlar ko’zdan kechiriladi. Masalan: yuqumli ichak kasalliklarda suv ta’minoti inshootlari, suv idishlari, ovqat tayyorlanadigan va saqlanadigan joylar, pashshalar borligiga e’tibor beriladi. Zoonozlarda - hayvonlar va hayvonlardan olinadigan mahsulotlarga ahamiyat beriladi. g) Laboratoriya tekshirishlari natijasini o’rganish, kasallik manbaini topish uchun, kishilar va hayvonlarni bakteriologik va serologik tekshirish zaruriyati borligi va yo’qligini aniqlash katta ahamiyatga egadir. d) To’plangan ma’lumotlarni tahlil qilib, kasallik o’chog’i, uning paydo bo’lish sabablari, o’choqning chegaralari va uni tugatish yo’llari haqida ma’lum xulosaga kelinadi. Epidemiologik tekshirish natijasida to’plangan ma’lumotlar maxsus (№357 hisob shakli) epidemiologik tekshiruv kartasiga kiritiladi. Epidemiologik tekshiruv kartasi hamma ma’lumotlar yozilishi lozim bo’lgan hujjat hisoblanadi. Kartalarni chiroyli yozuvda to’ldirishga, kartadagi hamma bandlarga javoblar bo’lishiga, ortiqcha qisqartmalar qilmaslikka ahamiyat berish kerak, chunki keyinchalik boshqa shaxsning bu kartalar bilan ishlashi mumkinligi ehtimoldan holi emas. Epidemiologik tekshiruv kasallik o’chog’ida bitta emas, bir nechta (bir guruh) bemorlar uchragan holda olib borilsa, yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlarga qo’shimcha kasallik o’chog’ida sodir bo’lgan kasallanish dinamikasini o’rganishni, epidemiologik belgilariga binoan, kasallik o’chog’ida uchragan kasalliklar strukturasini tahlil qilishni ham taqozo qiladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling