O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operativ (tezkorlik bilan qilinadigan) epidemiologik tahlil
Epidemiologik tahlil
Epidemiologik tahlil - epidemik jarayonni o’rganish usuli bo’lib, maxsus dastur asosida to’plangan epidemiologik ma’lumotlarni o’zaro taqqoslab, epidemik jarayonning ma’nosini anglab etishga asoslangandir. Epidemiologik tahlilniig quyidagi turlari ma’lum: a) Prognostik epidemiologik tahlil (epidemiologik razvedka) aniq ma’lumotlarga asoslanib, epidemik jarayonning kelgusida qanday rivojlanishini oldindan aniqlab berish uchun qilinadigan tahlil. b) Operativ yoki kundalik epidemiologik tahlil bu kundalik epidemiologik nazorat tartibi (5 - jadval). 5-jadval. Operativ (tezkorlik bilan qilinadigan) epidemiologik tahlil
v) Retrospektiv yoki o’tmishga asoslanib qilinadigan epidemiologik tahlil va o’tgan ma’lum davr oralig’ida, aholining ma’lum guruhlari o’rtasida tarqalgan kasalliklarning strukturasini, tarqalganlik darajasini, shu kasalliklarning tarqalish dinamikasini va kasallikning kelib chiqishiga va tarqalishiga sabab bo’lgan shart-sharoitlarni o’rganib chiqib, Shu ma’lumotlar asosida kasallikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga asoslangan tahlildir. Epidemiologik tahlil qilishdan asosiy maqsad epidemik jarayonni yuzaga kelishiga sabab bo’lgan va shu jarayonni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan shart-sharoitlarni aniqlash, kasallikka qarshi kurashish maqsadida qo’llanilgan tadbirlar natijasiga baho berish va bundan keyingi davrda qo’llaniladigan chora-tadbirlarni rejalashtirishdir (6-jadval). 6-jadval. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling