O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


III. Epidemiologik tajriba (eksperimental) usullari


Download 1.27 Mb.
bet16/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

III. Epidemiologik tajriba (eksperimental) usullari. Eksperimental epidemiologiya, epidemiologik tajribaning epidemiologik kuzatuvdan farqi shundaki, epidemiologik tajribada, epidemik jarayonning tabiiy yoki o’z holicha rivojlanishiga qo’shimcha ravishda ta’sir qiluvchi biron hodisa qo’shilishi tufayli epidemik jarayonning rivojlanishida sodir bo’ladigan o’zgarishlar tushuniladi.
Epidemiologik tajriba o’tkazish maqsadida aholi o’rtasida yuqumli kasalliklarni sun’iy ravishda tarqatish mumkin emas, bunday tajribaga ruxsat berilmagan, ammo epidemiologik tajribalar biron bir falokat yoki fojia tufayli yuz beradigan hollarda o’tkazilishi mumkin. Bunday tajribalarga Chernobilda (Belorusiya, 1993 y.) yuz bergan atomelektr stansiyasi falokatida nurlar ta’sirida kasallangan bemorlar ustidan olib borilgan epidemiologik tajribalar yoki Xirosima shahrida (Yaponiya, 1946 y.) qo’llanilgan yadro quroli ta’sirida paydo bo’lgan bemorlar ustidan olib borilgan tajribalar misol bo’la oladi.
Epidemiologik tajriba o’tkazish natijasida epidemik jarayonning kelib chiqishi va tarqalishidagi sababiy bog’lanishlar aniqlanadi.
Epidemiologik tajriba ba’zan epidemik jarayonga o’xshash jarayonni sun’iy yo’l bilan paydo qilish tufayli ham sodir bo’lishi mumkin.
Masalan, yuqumli ichak kasalliklari qo’zg’atuvchilarining odam organizmida va tashqi muhitda qanday tarqalishini o’rganish maqsadida sog’lom kishilarga "M-17" markali bakteriya yoki bakteriofag ichiriladi va keyinchalik bu bakteriyalarning sog’lom kishilar organizmida va tashqi muhitda tarqalish yo’llari kuzatiladi.
Epidemiologik tekshiruvlar natijasida olingan ma’lumotlarning aniqligi tekshirish o’tkazilayotgan aholi guruhlari va taqqoslash uchun olingan aholi guruhlarining bir-biriga tekshirilayotgan belgidan tashqari hamma belgilarning qanchalik o’xshashligiga bog’liq.
IV. Prognostik epidemiologiya va prognostik epidemiologiya usullari nisbatan yangi bo’lib, yaqinda tashkil topa boshladi. Bu usulni qo’llashda ikki xil yo’nalish mavjud:
a) bo’lib o’tgan yoki kuzatilgan kasalliklarning tahlili natijalarini rasmiy-matematik modellashtirish yo’li bilan kasallikning kelajakda qanday darajada tarqalishi mumkin ekanligini oldindan aniqlab berish.
b) deterministik modellashtirish usuli - bu usul kasallikning kelib chiqishi va tarqalishi uchun zarur bo’lgan sabablar va shart-sharoitlarning o’zgarishi ehtimollarini tahlil qilib, Shunga binoan kasallikning bundan keyingi davrda qanday darajada uchrashi mumkinligini oldindan aniqlab olishga asoslangan. Bu usulni qo’llash tekshirilayotgan kasallikning kelib chiqish va tarqalish sabablari yaxshi o’rganilgan holdagina ko’ngildagidek natija beradi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling