O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Epidemiologik tekshiruv usulining turlari


Download 1.27 Mb.
bet13/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Epidemiologik tekshiruv usulining turlari



Tekshiruv usullari

Tekshirishning maqsadi



Tasviriy baholash

Kasallikning hududlar bo’yicha tarqalishini yilning har xil fasllarida va aholining har xil turkumlari o’rtasida qanday tarqalganligini aniqlash. Kasallikni kelib chiqishi va tarqalishi uchun sabab bo’luvchi omillar haqidagi mulohazani shakllantirish.

Analitik (tahliliy usul)



Kasallikni kelib chiqishi va tarqalishi uchun sabab bo’luvchi omillar haqidagi mulohazani tahlil qilish asosida baholash. Kasallikni keltirib chiqaruvchi va tarqalishiga sabab bo’luvchi omillarga mos keladigan profilaktik chora-tadbirlarni aniqlab berish.

Epidemiologik tajriba usuli



Kasallikni kelib chiqishi va tarqalishi uchun sabab bo’luvchi omillar haqidagi mulohazani tajribada isbotlash.

Epidemiologik prognoz

Kasallikni kelajakda qanday darajada tarqalishi mumkin ekanligini oldindan aniqlab berish.



I. Tasviriy - baholash usuli. Bemorlarning soniga (miqdoriga) asoslanib, kasallikning tarqalganligi haqida va bu kasallikning keltirib chiqaruvchi omillari haqida mulohazaning shakllanishida qo’llanilib, bu usul yordamida olingan ma’lumotlarga asoslanib, shu kasalliklarga qarshi kurashda qo’llaniladigan tibbiy tadbirlar aniqlanadi.
Kasallikning tarqalganligini bemorlar soniga asoslanib tahlil qilinadi va nisbiy raqamlar qo’llaniladi. Raqamlar asosan bemorlar soni kam bo’lgan taqdirda yoki tahlil qilinayotgan davr ichida tekshiriluvchi aholi soni o’zgarmagan hollarda qo’llaniladi. Bizga ma’lumki, har bir guruhda yoki biron-bir tuman yoki viloyat aholisining soni mutloq bo’lmasada tez-tez o’zgarib turadi, shuning uchun kasalliklarni tahlil qilishda faqatgina mutloq raqamlarni ishlata bilish jiddiy xato va kamchiliklarga sabab bo’lishi mumkin. Shu sababli ko’pincha mutloq raqamlarni nisbiy kattaliklarga aylantirilib ishlatiladi. Bunday hisoblash kasallikning har xil guruhlarda yoki har xil aholi o’rtasida qanday darajada tarqalganligini bir-biriga taqqoslab o’rganish imkoniyatini beradi (3 - jadval).
3 - jadval.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling